Davron Fayziev "Borussiya Dortmund" - PSJ uchrashuvi haqida nima dedi?

Iskandarov Abdulaziz
2 may 2024, 10:15
Taniqli sport sharxlovchisi Davron Fayziev mazkur uchrashuvga o'z munosabatini bildirdi.

"Ha, bu juftlikda autsayderni o'ylab ko'rish kerak. Natijani ko'ryapmiz. PSJ ikkinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldi. Ikki marta to'p darvoza to'siniga tegdi. Biroq Dortmundning birinchi bo'limda Fyullkrug tomonidan urilgan goli yagonaligini saqlab qoldi. Mezbonlar himoyasi Mbappeni to'xtatdi. Shu sababli Xummels eng yaxshi futbolchi deb topildi. Yana bir da'vogar 12 bor raqibiga qarshi dribling ishlatgan Sancho bo'ldi. PSJ yana birinchi o'yinni boy berdi. Shunday bo'lsa ham, avvalgi kambek misolida aytishimiz mumkinki, javob o'yinida Parij hammasini o'zgartirib yubora oladi",- deydi Davron Fayziev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: https://t.me/Davron_Fayziev