Italiya sog'liqni saqlash vazirligi koronavirus sababli A Seriyani to'xtatishga chaqirdi

Alisher
30 sen 2020, 15:27
Italiya sog'liqni saqlash vazirligi o'rinbosari Sandra Zampa "Jenoa"dagi koronavirus o'chog'i sabab A Seriya o'yinlarini to'xtatishni taklif qildi.

"Biz imzolagan protokollar o'zi haqida gapirmoqda. A Seriya o'yinlari to'xtatilishi kerak. Shuncha musbat natijali testlar aniqlangandan so'ng ("Jenoa"dagi 14 futbolchida COVID-19 aniqlangan), chempionatini to'xtatish qoldi. 

Yuqtirganlar o'ynay olishmaydi, boshqalarga yuqtirishlari mumkin", - deydi rasmiy.

Bugun Italiya chempionati 1-tur doirasidagi kechiktirilgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corriere.it