Italiya gigantlari Jekoni tekinga qo'lga kiritmoqchi
20 iyu 2021 23:05
Yangiliklar
Italiya gigantlari Jekoni tekinga qo'lga kiritmoqchi
Bosniyalik hujumchi yozda Rim klubidan ketishi mumkin.
"Roma" hujumchisi Edin Jeko yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi va "bo'rilar" vakillari o'rtasida hech qanday muzokara o'tkazilmagan.
Futbolchining maoshi yuqori bo'lib, yiliga 7,5 million evroni tashkil etadi hamda 2022 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani hisobga olgan holda, tomonlar o'zaro hamkorlikni ushbu mavsumda yakunlashi mumkin.
Agar bu jarayon amalga oshib, Edin Jeko muddatidan oldin erkin agent maqomini oladigan bo'lsa, "Milan" va "Yuventus" futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor bo'lib turibdi.
Fikrlar