So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

OFK kubogi. "Istern" qanday o'yin namoyish etadi? Yangiliklar

OFK kubogi. "Istern" qanday o'yin namoyish etadi?

Bugun OFK kubogi doirasida "So'g'diyona" hamda "Istern" jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

O'tgan yili ushbu turnirda "Nasaf"ga ro'baro' kelgan "Li-Man" guruh bosqichida aynan "Istern"ga keyingi bosqich estafeta bayrog'ini topshirdi. Gongkongning ikki klubidan tashqari Xitoy Taypeyining "Tainan Siti" klubi ham Jizzaxga qadam ranjida qilish orzusida harakat qilib ko'rdi, biroq samolyot va keyingi bosqich chiptalari aynan "Istern"ga nasib etdi. "Istern" ikkala raqibini ham ajrim qilishni istamasdan, ularni bir xil hisobda taslim etib qo'yaqoldi — 3:1. Mana shu ikki o'yinni kuzatish asosida jamoa o'yin uslubi haqida malum tasavvur hosil qilishga harakat qilamiz.


Legionerlar 

Xorijiy futbolchilar klubning ustuni desak, mubolag'a bo'lmaydi. To'g'ri, ular ko'zini bog'ich bilan mahkamlab qo'ysangiz ham raqib darvozasini bexato nishonga oladigan darajada supero'yinchilar emas, biroq klub darajasida legionerlar chindan ham etakchi rolni o'ynaydi. Jumladan, jamoa kiritgan olti goldan to'rttasini aynan tirikchilik ilinjida olis yurtdan tashrif buyurgan futbolchilar urishgan. SHulardan uchtasi ispaniyalik hujumchi Viktor Bertomeuga tegishli. O'yinchi o'ziga yaratilgan imkoniyalardan maksimal foydalanishga harakat qiladi, ko'p zarba yo'llaydi hamda kerakli nuqtani topa oladi. Ushbu hujumchiga jizzaxlik mudofaa qurg'oni vakillari jiddiy ko'z-quloq bo'lishi talab etiladi.

Qolaversa, hujumlarni tashkil etishda braziliyalik futbolchilar — Fernando hamda Mikel Seveyro jonbozlik ko'rsatishardi. Fernando himoyachilarga yaqin nuqtada raqib hujumlarini tashkil etish va buzishda faol ishtirok etsa, Seveyro odinroqda vaziyatlar yaratish hamda raqib darvozabonining peshonasini tirishtirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Baxtimizga, ularning ikkalasi ham Iyul oyida "Kitchi" klubiga o'tgan, shu bois ularning ketgani uchun guldastalar taqdim etib, biroz engil nafas olsak bo'ladi. Fernando jamoaning asosiy to'purari bo'lib, OFK kubogi doirasida uchta to'p kiritgan. Har holda, unga qarshi ehtiyot choralarini ko'rish kerak, hujumchi o'yin davomida ancha-muncha zarbalar ijrosiga aylanishini klub ishtirokidagi o'yinlarda guvohiga aylandik.

SHuningdek, himoyada ham bunday o'yinchilar mavjud. Tamirlan Qo'zubaev (Qirg'iziston) va Markos Gondra shular jumlasiga kiradi. Aytgancha, yaqinda jamoaga Joao Gil nomda qayd etilgan himoyachi ham qo'shilgan. Uning qanday o'yin namoyish etishi hozircha bizga qorong'i.


Hujum tashkil etish

"Istern" OFK kubogi guruh bosqichidagi ikki o'yinni ham 3-4-3 taktikasida boshlagan, biroq jamoa odatda, raqib imkoniyatiga qarab, 4-3-3 yoki 4-4-2 sxemasida harakat qiladi. 

Jamoa qisqa paslar orqali hujum tashkil etishni zerikarli hisoblaydi, ular ko'pincha himoya qo'rg'onidan to'g'ri oldinga to'pni etkazishga intiladi. Markazdan kirib borish holatlari qarshi hujum holatlaridagina sodir etilishi mumkin. Ko'pincha qanotlardan jarima maydoniga to'p oshirish orqali hujum rivojlantiriladi. OFK kubogi guruh bosqichidagi ko'pgina gollar shu tarzda urilgan. "So'g'diyona" markaziy himoyachilaridan raqib hujumiga qarshi chaqqonroq bo'lish talab etiladi. Quyidagi suratlarning ko'pchiligi "Istern" tomonidan kiritilgan to'plar va xavfli vaziyatlarning boshlang'ich jarayoni sanaladi.

Himoya

Gongkongliklar himoyasiga havas qilib bo'lmaydi. Orqa chiziq vakillari kuchsizroq raqib hujumchilariga ham ko'pgina vaziyatlar yaratish imkonini berishgan. "Li-Man" vingerlari bir necha bor raqib himoyachilarining angrayib qolishiga sababchi bo'lgan bo'lsa, "Tainan Siti" hujumchisining o'zi ikki-uch himoyachiga qo'shib, posbonini ham aldab o'tib, xotirjam gol urgan. Garchi mudofaada ispaniyalik va portugaliyalik futbolchilar to'p tepsa-da, ular terma jamoa darajasining yaqiniga yo'lamasligini takidlab o'tish joiz.

CHempionatdagi holat

Gongkong chempionatida yangi mavsum endigina boshlangan va hozircha 2-tur bahslari o'tkazilgan. Biroq "Istern" faqatgina bitta o'yin o'tkazdi. "Tai Po" bilan kechgan bahsda hisob ochilmagan.

Xulosa

"So'g'diyona" hozirgi darajasida bo'lajak raqibini mag'lub etsa bo'ladi. Har holda Gongkong jamoasi nazdimda o'tib bo'lmas to'siqdek ko'rinmadi. Ehtimol, ular ham jizzaxliklarga qarshi biz kutmagan syurpriz tayyorlashi mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham, qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan klubimizga omad tilayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика