So’nggi yangiliklar

21:00Ўзбекистон — Ўмон 1:1 (Матнли трансляция)  201 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  7 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  11 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0

Istefo. "Dinamo"ni kim boshqaradi? Yangiliklar

Istefo. "Dinamo"ni kim boshqaradi?

SHipilov istefoga chiqibdi...

Bu "Dinamo" rahbariyati qatorasiga 3 marta xato qilganini bildiradi:

1. Jamoani Superligaga qaytargan tajribali Hakim Fuzaylovning ketgazildi.

2. Tojikistonlik mutaxassisning o'rniga murabbiylik faoliyatida hech bir klubni 30 ta ham o'yinda boshqarmagan Predrag Rogan olib kelindi. U 9 ta turda atigi 6 ochko to'pladi. 

3. Xato boshqa bir xato bilan tuzatildi. Bugun istefoga chiqqan SHipilov 5 o'yinda 1 ochko ishladi.

SHu o'rinda savol tug'iladi: "Dinamo"ning mavsumdagi 3-ustozi kim bo'ladi? 

Variantlar ko'p. Ishsiz yurgan Vadim Abramov, SHuhrat Maqsudov, Baxtiyor Ashurmatov, Mo'minjonov. O'tgan mavsum "Surxon"ni elitada olib qolgan Bahrom Haydarov. "Turon"ni Superligada ushlab qololmagan SHkvirin va Hakimov. "Paxtakor"ni chempion qilgan Piter Xyuistra. Samarqandliklar rahbariyati "Mashal"ni 2 marta quyi divizionga tushirib yuborgan Aleksandr Xomyakov bilan shartnoma imzolasa ham ajablanmayman...

Ammo yuqoridagi variantlarning barchasi navbatdagi xatoga aylanadi, xolos. CHunki "Dinamo"ning 1 oyog'i allaqachon Pro ligada (oxirgi mag'lubiyatdan keyin jamoaning Superligada qolishi mo'jizaga teng). 

Samarqand klubi so'nggi 12 o'yinda 6 ochkolik farqni yo'qqa chiqarib, elitadagi o'rnini saqlashiga ishonadigan optimistlar uchun eslatib o'tamiz: jamoa 14 turda atigi 7 ochko to'plagan. Ko'p ehtimol bilan Arigo Sakki ham hozirgi "Dinamo"ga yordam berolmaydi.

SHunday ekan, rahbariyat uzoqni ko'zlashi zarur. Agar viloyatga rostan ham yaxshi futbol kerak bo'lsa, hozirdan 2024 yilni o'ylayvergan maqul. Yani, bu mavsum Pro ligaga tushishni ham bo'yinga olib, potenciali yuqori bo'lgan yangi avlod murabbiylaridan biriga ishonch bildirilishi kerak. U jamoani olib qolsa, qahramonga aylanadi. Uddalay olmasa, Kapadzega o'xshab yangi jamoa shakllantiradi, futbolchilari bilan birga o'sadi va 2024 yil ortga qaytmaydigan bo'lib Supeligaga chiqadi.

Albatta, bu qarashlarning barchasi shaxsiy. Ko'pchilik qo'shilmasa kerak. Lekin Samarqandga pul uchun boradigan katta murabbiylarning "Dinamo"ga hech qanday foydasi tegmasligi aniq. Rahbariyat jamoa bilan birga o'sadigan, yaqin 3-4 yilini klubga bag'ishlaydigan yosh mutaxassislarga imkon bergani maqul. Bundaylar katta pul so'ramaydi. Ular uchun asosiysi nimalarga qodirligini barchaga isbotlab, faoliyatining boshida yaxshi imidj shakllantirish.

Muhimi, rahbariyat yuqori potencialli, o'z qarashlariga ega, to'g'ri nomzodni tanlay olishi kerak. Men "Dinamo"ga hozir "Bunyodkor"da ishlayotgan Anvar G'ofurovni (samarqandlik) tavsiya qilgan bo'lardim. U yuqoridagi kriteriyaliarga mos tushishdan tashqari, futbolchilik davridayoq "Obod"ni o'ynovchi murabbiy sifatida Oliy ligada olib qolganini ko'pchilik yaxshi biladi.

Sizningcha, Samarqand klubini qaysi mutaxassis qabul qilib oladi?

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика