Superligaga olib chiqqan murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi bo'lgan "Dinamo" Hakim Fuzaylov bilan do'stona xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2021, 15:20
2021 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Dinamo jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Dinamo PFK bilan tuzilgan bir yillik shartnomasi yakuniga etgach, jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov klub bilan do'stona xayrlashdi.

Tojikistonlik tajribali mutaxassis qo'l ostida Dinamo jamoasi 2021 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Pro ligadan Superligaga yo'llanma oldi. Samarqandda o'tgan navbatdagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun Hakim Qayumovichga minnatdorchilik bildirib, keyingi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Dinamo PFK rahbariyati ayni damda bir qator mutaxasssislar bilan muzokara olib bormoqda. Yangi bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishilsa, klub rasmiy saytida e'lon qilinadi.


Eslatib o'tamiz, 29 oktyabr kuni Samarqand klubi "Superligaga olib chiqqan murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirgani" haqida xabar bergandi: Dinamo matbuot xizmati: Murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi haqidagi xabarlar asosga ega emas        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz