

Unda jamoaning so'nggi turlarda qayd etgan qoniqarsiz natijalari atroflicha muhokama qilinib, klub bosh murabbiyi Predrag Rogan bilan do'stona xayrlashilgani ma'lum qilindi. Serbiyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham hamkorlik to'xtatildi. "Dinamo" hamda murabbiylar o'rtasidagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilindi. "Dinamo" jamoasi Predrag Rogan va Ivan Yevichga klubdagi faoliyati hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

"Dinamo" klubi rahbariyati qaroriga ko'ra, bosh murabbiy etib shu paytga qadar klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey Shipilov tayinlandi. Andrey Sergeevich "Paxtakor" murabbiylar shtabi va "Metallurg" klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati bilan muxlislarga tanilgan. "Dinamo" PFK rahbariyati katta mas'uliyat yuklangan jamoaning yangi bosh murabbiyiga omad va zafarlar tilaydi.
Ma'lumot uchun, "Dinamo" Superliga 10-turi doirasida 23 may kuni o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.




