So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Islom To'xtaxo'jaev: "Minsk yig'ini ikkinchi davra oldidan ayni muddao bo'ldi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Minsk yig'ini ikkinchi davra oldidan ayni muddao bo'ldi"

O'zbekiston Pepsi Superligasida davralar oralig'ida vujudga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish uchun Minsk shaxriga yo'l olgan “temiryo'lchilar” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

 “Lokomotiv” matbuot xizmati jamoa himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev bilan ushbu yig'in haqida kichik suhbat uyushtirdi.

- Islom, mashg'ulotlar qanday o'tmoqda? Jamoa ikkita uchrashuv o'tkazdi, ushbu uchrashuvlar qanday kechganligi to'g'risida o'z taasurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Minsk yig'ini biz uchun ayni muddao bo'ldi. Bu erdagi ob-havo o'tkazilgan o'yinlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi. Yana bu shaxar bizga begona emas, bir necha yildan beri Minsk shaxrida chempionatimizning keyingi davralariga tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'tkazilgan ikki uchrashuvga kelsak, birinchi uchrashuvda ko'plab havfli vaziyatlar yaratishimizga qaramasdan rus klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Ikkinchi uchrashuvda esa yirik hisobda g'alaba qozondik. Yig'inlarda asosan natijalarga etibor berilmaydi. Eng avvalo jamoaviy o'yinni yanada kuchaytirish, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish, o'z o'yin uslubimizni yanada takomillashtirish ustida ish olib boriladi.

- Superligada 15 ta uchrashuv yakunlandi. O'z o'yiningiz, “Lokomotiv” qayd etgan natijadan ko'nglingiz to'ldimi?

- Birinchi davradan hech kimning ko'ngli to'lmadi. Bu erda jamoa raxbariyati, futbolchilar, murabbiylar shtabi va albatta muxlislarimizning ham. Hozir jamoamiz o'ziga mos bo'lmagan o'rinda turibdi. Ikkinchi davrada endi birinchi davrada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib yana o'zimizning joyimizga qaytamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика