Islandiya o'z tarixida birinchi marta Evropa chempionatiga chiqdi
07 sen 2015 08:35
Yangiliklar


Islandiya o'z tarixida birinchi marta Evropa chempionatiga chiqdi
Islandiya EVRO-2016 saralashida Qozog'iston bilan durang o'ynadi (0:0).
Ushbu natija Islandiyani keyingi yil Franciyada o'tadigan Evropa chempionati final bosqiichiga chiqishi uchun etarli bo'ldi. SHu tariqa, Islandiya o'z tarixida ilk bor Evropa chempionatida qatnashadi.
Bu guruhda Latviyani mag'lub etgan CHexiya ham yo'llanmani qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun Turkiya va Gollandiya terma jamoalari kurash olib borishmoqda.
Gollandiya Qozog'iston va CHexiyaga qarshi o'ynaydi, Turkiya esa CHexiya va Islandiya bilan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar