So’nggi yangiliklar

10:53"Машъал" Суперлигага қайтибгина қолмай, чемпионлик учун кураш олиб боришга тайёр!"  5 10:51«Сурхон» яна икки нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 10:22«Нефтчи»ни яна бир легионери тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  6 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0

Futzal. JCH-2016. O'zbekistonning debyuti, ko'zi ojiz bolakayga qilingan sovg'a hamda "futzal Pelesi"ning xayrlashuvi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. O'zbekistonning debyuti, ko'zi ojiz bolakayga qilingan sovg'a hamda "futzal Pelesi"ning xayrlashuvi haqida hikoya qilamiz

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha FIFA tasnifidagi sakkizinchi jahon chempionatiga 2016 yilning 10 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Kolumbiya mezbonlik qildi. Ushbu musobaqa kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. SHu jumladan, muxlislar yangi chempionga guvoh bo'lishdi. Qolaversa, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba mundialda ishtirok etdi. Xose Mariya Pazos Mendes shogirdlari Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo kubogida kumush medalni qo'lga kiritib, Avstraliya, Eron, Tailand va Vetnam bilan birgalikda jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jahon chempionatining "A" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Panamaga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygan. Panamalik futbolchilar gollarini bir necha yil ilgari tungi klubdan chiqishda otib o'ldirilgan terma jamoaning sobiq futbolchisi Migel Lassoga bag'ishlagan. 

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari esa turnir davomidagi gollarini o'sha yilning avgustida vafot etgan mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlagan.

2-turda esa mezbon Kolumbiya bilan tengma-teng o'yin namoyish etgan "oq bo'rilar" 3:1 hisobida oldinda borayotgandi, biroq so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli tablodagi hisob 3:3 ko'rinishiga keldi. So'nggi turda esa Rikardino boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi bahs yomon boshlanmadi. 11-daqiqada burchak zarbasini ijro etganimizdan keyin o'sha Rikardino to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi va hisob 1:1 ko'rinish oldi. Ammo, muvozanatni tiklaganimizdan keyin Ronaldu vatandoshlarining tezkor hujumlari va agressivligi ortdi. O'zbekistonliklar raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga urinishdi, ammo, eng sara jamoalar ham qarshisida hadiksirab turadigan Rikardinoga qarshi chora topishning imkoni yo'q edi o'sha kecha. Futzal dahosi avtogolidan tashqari bizning darvozaga 3 ta to'p kiritdi. 35-daqiqada esa shunday ishchi bajardi-ki, bu bilan o'zini ham vakilimiz Javlon Anorovni ham yanada mashhur qilib yubordi. To'pni Anorovning ustidan olib o'tib fint ishlatgan vaziyatini sheriklari gol bilan yakunlashdi va o'sha gol mundialning eng chiroyli gollari o'nligida ikkinchi bo'ldi. Rikardino va Javlon Anorov esa uzoq vaqtgacha futzal roliklarining yulduziga aylandi.


Turnirning nimchorak finalida Osiyo futzali bayroqdori Eron jahon futzali etakchisi Braziliya bilan bellashdi. Bu mundial braziliyalik afsona Falkao uchun so'nggi musobaqa edi. Lekin, futzal qirolining oxirgi JCHsiga jamoasi tarixdagi eng kuchsiz tarkib va o'yin bilan etib kelgandi. Eronga qarshi Falkao juda zo'r o'yin o'tkazdi, supergol ham urdi. Ammo uning xet-triki ham jamoasiga yordam bera olmadi. 


Braziliya 3:1 hisobida oldinda borayotgan forslar katta iroda va xarakter ko'rsatishdi va dunyoning eng nomdor jamoasiga qarshi o'ziga xos kambekni amalga oshirishdi - 3:3. Qo'shimcha bo'limlar tugashiga 2 daqiqa qolganda Falkao bu safar ham jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo, shu kuni forslarning kuni edi. O'sha daqiqaning o'ziga Eron sardori Muhammad Keshavarz yana muvozanatni tikladi - 4:4. Penaltilar seriyasida esa Eronning qo'li baland keldi. O'sha uchrashuv yakuniga etgandan so'ng futzal afsonasi Falkao professional faoliyatini yakunladi. Hatto raqib jamoa Eron futzalchilari "futzal Pelesi"ning hurmatini ajoyib tarzda bajo keltirib, uni ko'klarga ko'tardi.

"Faoliyatimni xet-trik bilan yakunlaganimdan juda xursandman, lekin afsuski, ular hech narsaga arzimaydi. Bu gollar hech qanday ahamiyatga ega emas, shunchaki rekordimni yaxshilashga yordam beradi. Ushbu turnirda amalga oshirgan barcha say-harakatlarim, shu jumladan gollarimni chempionlikka almashtirgan bo'lardim", dedi Falkao o'yindan keyingi intervyusida.

Umuman olganda, Eron musobaqa kashfiyotiga aylanib, turnirda uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Yarim final doirasida Eronga qarshi o'yindan so'ng Rossiya etakchisi Eder Lima tribunaga ko'tarilib, ko'zi ojiz bolaga terma jamoa libosini sovg'a qildi, keyin esa ko'zyoshlarini tiya olmadi.

"Skameykada o'tirib, shifokorlar xonasiga borishni kutayotgan edim, kimdir baqirayotganini eshitdim: "Eder Lima, Eder Lima!" Ortimga o'girilib qarasam, tribunada ko'zi ojiz bolakayni ko'rdim. Unga yaqinlashganimda, shunday dedim: "Siz haqiqatan ham Eder Limamisiz? Qanday o'ynaganingiz haqida menga ko'p gapirishdi". Men "Ha, men Eder Limaman", deya javob qaytardi. Keyin u libosimni so'radi. Men unga libosimni kiyishida yordam berdim va bag'rimga bosdim. Keyin u yana so'radi: "Siz haqiqatan ham Eder Limamisiz?" Men javob berdim: "SHunday". U shunday dedi: "Unda meni qattiqroq quchoqlang". "Ko'z yoshlarimni ushlab turolmadim", dedi Rossiya terma jamoasining braziliyalik futbolchisi.

VIDEO

Diego Justocci boshchiligidagi Argentina terma jamoasi futzal mundiallariga yangi sahifa ochishdi. Bu safar Braziliya va Ispaniya sovrindorlar orasiga ham kira olishmadi. Guruh ("E") bosqichida Qozog'iston (1:0) va Solomon Orollari (7:3) mag'lub etilgan, Kosta Rika bilan esa 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan. Nimchorakda Ukraina katta qiyinchilik bilan qo'shimcha bo'limlarda kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida mag'lub etilgan. CHorak finalda Misr (5:0), yarim finalda Portugaliya (5:2) va finalda Rossiya (5:4) mag'lubiyatga uchratildi. SHu tariqa, muxlislar "yangi qirol"ni ko'rishga muvaffaq bo'ldi.


"A" guruhi

1-tur, 10.09.2016

O'zbekiston - Panama 1:3

Gollar: J.Anorov 39 - Kastrellon 16, M.De Leon 30, F.Mena 36

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.

Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.SHuhrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.

Panama: (birinchi beshlik): 12.Jeymi Londono, 3.Oskar Xinks, 5.Fernando Mena, 6.Edgar Rivas, 8.Karlos Perez.

Zaxira: 1.Daniel Atensio, 13.Joze Viktoria, 2.Joshua Braun, 4.Xorxe Perez, 7.Klaudio Gudrij, 9.Anxel Sanches, 10.Maykl De Leon, 11.Abdiel Kastrellon, 14.Ariel Kastillo.

Ogohlantirishlar: D.Irsaliev 31, J.Anorov 34 - J.Braun 19, E.Rivas 31

VIDEO

2-tur, 13.09.2016

Kolumbiya - O'zbekiston 3:3

Gollar: X.Abril 18, A.Karo 37, 40 - J.Anorov 5, D.Irsaliev 15, N.Eliboev 28

Kolumbiya (birinchi beshlik): 1.Nanez, 6.Sierra, 8.Abril, 10.Anxellot, 14.Andres Reyes.

Zaxira: 12.Mexia, 2.Ortiz, 3.Suniga, 4.Eisson, 5.Yefri, 7.Jonatan, 9.Yulian, 11.Bolivar, 13.Otero.

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.

Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.SHuhrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.

Ogohlantirishlar: Yefri Dukue 21, X.Ortiz 26, X.Abril 26

VIDEO

3-tur, 16.09.2016

Portugaliya - O'zbekiston 5:1

Gollar: Rikardino 10, 14, 22, Andre 26, Jo 35 - Rikardino 11 (avt.)

Portugaliya (birinchi beshlik): Bebe, Fabio Sesilio, Pedro Kari, Joao Matos, Rikardino.
Zaxira: Andre, Bruno Koelo, Migel Kastro, Jo, Re, Vitor Xyugo, Tiago Brito, Krishtianu, Kardinal.

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Akmal Xazratqulov, Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, SHuhrat Tojiboev, Davron CHoriev, Mashrab Odilov, Ilhom Xamroev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov.

Ogohlantirishlar: N.Eliboev 20, M.Odilov 32 

VIDEO

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Portugaliya321015-27
Kolumbiya31208-75
Panama31026-143
O'zbekiston30125-111


"B" guruhi 

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Rossiya330019-69
Tailand320114-126
Misr31029-93
Kuba30037-220


"C" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Italiya330011-39
Paragvay320117-96
Vetnam31025-113
Gvatemala30037-170


"D" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330029-59
Ukraina32018-66
Avstraliya31025-163
Mozambik30037-220


"E" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Argentina321010-57
Qozog'iston320113-26
Kosta-Rika31117-74
Solomon orollari30035-210


F" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya330013-69
Ozarbayjon311110-74
Eron31119-114
Marokash30036-140


1/8 final

Rossiya — Vetnam 7:0

Kolumbiya — Paragvay 0:0 (p. 2:3)

Braziliya — Eron 4:4 (p. 2:3)

Ispaniya — Qozog'iston 5:2

Portugaliya — Kosta-Rika 4:0

Argentina — Ukraina 1:0 (q.b)

Tailand — Ozarbayjon 8:13 (q.b)

Italiya — Misr 3:4 (q.b)


1/4 final

Paragvay — Eron 3:4 (q.b)

Rossiya — Ispaniya 6:2

Argentina — Misr 5:0

Ozarbayjon — Portugaliya 2:3


1/2 final

Eron — Rossiya 3:4

Argentina — Portugaliya 5:2


3-o'rin uchun

Eron — Portugaliya 2:2 (p. 4:3)

Final

Rossiya — Argentina 4:5

Gollar: E.Lima 16, 22, 40 (dabl pen.), D.Liskov 39 - A.Vaporaki 16, L.Kuzzolino 20 (dabl pen.), A.Brandi 22, 23, K.Vaporaki 39

Amalga oshirilmagan dabl penalti: L.Kuzzolino 35

Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Ivan CHishkala, Eder Lima, Robino, Danil Davidov.

Zaxira: Georgiy Zamtaradze, Sergey Vikulov, Vladislav SHayaxmetov, Dmitriy Liskov, Ivan Milovanov, Sergey Abramov, Artem Niyazov, Sergey Abramovich.

Argentina (birinchi beshlik): Nikolas Sarmiento, Fernando Vilgelm, Kristian Borruto, Alan Brandi, Pablo Taborda.

Zaxira: Matias Kuevedo, Guido Mosenson, Damian Stazzone, Alamiro Vaporaki, Xerardo Battistoni, Maksimiliano Reskiya, Leandro Kuzzolino, Santiago Bazile, Konstantino Vaporaki.

Ogohlantirishlar: S.Abramovich 20, Robino 34, G.Zamtaradze 35 - N.Sarmiento 10, A.Brandi 20, S.Bazile 30, A.Vaporaki 32

VIDEO

O'tkazilgan joyi: Kolumbiya

O'tkazilgan shaharlar: 3 (Kali, Bukaramanga, Medelin)

O'tkazilgan sanasi: 10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil

Ishtirokchilar: 24 (6 qitadan)

Muxlislar tashrifi: 139307 (har o'yinga 2679)

Urilgan gollar: 352 (har o'yinga 6.77ta gol)

To'purar: Rikardino (Portugaliya, 12ta gol)

Eng yaxshi o'yinchi: Fernando Vilgelm (Argentina)

Eng yaxshi darvozabon: Nikolas Sarmiento (Argentina)

"Fair-Play" sovrini: Vetnam

CHempion - Argentina

Ikkinchi o'rin - Rossiya

Uchinchi o'rin - Eron

To'rtinchi o'rin - Portugaliya


Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi

Futzal. JCH-2000. O'zbekistonning dastlabki urinishi, 29 ta gol o'tkazgan mezbon hamda bir o'yinda ikki darvozabonidan ayrilib, uchinchi posbon bilan Braziliyaning gegemonligiga chek qo'ygan chempion haqida hikoya qilamiz 

Futzal. JCH-2004. Turnir ostonasida qoqilgan O'zbekiston hamda braziliyalik futbolchilar bilan finalga qadar etib borgan Evropa mamlakati haqida hikoya qilamiz 

Futzal. JCH-2008. Braziliyaliklardan iborat yarim finalchilar hamda notanish ayol tufayli qahramonga aylangan Franklin Ruzvelt haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-2012. Ilk o'zbek hakami, ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqqan O'zbekiston murabbiyi, falaj holatda qahramonga aylangan Falkao va libosidagi yulduzlardan mahrum etilgan Braziliya haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика