Isko Bundesliga klubi bilan shartnoma imzolash uchun Germaniyaga uchib keldi. Bitim 1+1 ko'rinishida tuziladi
31 jan 2023 08:25
Yangiliklar
Isko Bundesliga klubi bilan shartnoma imzolash uchun Germaniyaga uchib keldi. Bitim 1+1 ko'rinishida tuziladi
“Sevilya”ni erkin agent sifatida tark etgan Isko faoliyatini Germaniyada davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg.
Ispaniyalik hujumkor futbolchi dushanba kuni kechasi Berlinga uchib keldi va “Union” qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tadi. SHundan so'ng, u jamoa bilan bir yilga uzaytirish imkoni bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Isko mavsumni “Sevilya”da boshladi va 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Dekabrda esa klub u bilan kelishuvni bekor qildi. Bungacha futbolchi 9 yil davomida “Real” sharafini himoya qilgan va “Malaga” hamda “Valensiya” kabi jamoalarda o'ynagandi.
Fikrlar