So’nggi yangiliklar

12:52Хаби Алонсо Клублар ўртасидаги ЖЧ "Реал" бош мураббийи бўлади  1 12:23"Реал" КЖЧ олдидан янги ҳимоячилар билан шартнома имзолайди  10 11:57"Навбаҳор" "Хоразм" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:35​"Наполи" Осимхен ўрнини ким билан тўлдириши маълум  0 11:11"Манчестер Юнайтед" ходимлари Европа Лигаси финалига бепул чипта олмайди  2 10:30МЮ 51 йиллик антирекордни янгилади  4 09:57“Барселона“га қарши ўйинда ҳакам икки марта “Реал“ фойдасига қўпол хатога йўл қўйган — Archivo VAR  65 09:25Ўзбекистон кубоги. Бугун ярим финалнинг дастлабки учрашувлари бўлиб ўтади  0 08:52Мавсумдаги 4-“Эл Классико“да ғалаба қозонган Флик кеча нималар деди?  30 08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  3 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  17 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  23 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  7 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3

Ishoning, yaxshi odamlar kam emas Yangiliklar

Ishoning, yaxshi odamlar kam emas

Teglar :  Patris Evra
Patris Evra – Italiyaga bo'lgan safari hayotini qanchalik o'zgartirib yuborgani haqida.

«1998 yil, men 17 yoshda edim. Do'stlarim bilan qandaydir musobaqada ishtirok etayotgan edik. SHunda bir kishi yonimga kelib, "Torino"da ko'rikdan o'tishni istaysanmi", — deb so'radi. Men u insonni deyarli tanimasdim. Bilganim faqatgina Parijda uning o'z restorani borligi edi. Ammo rozi bo'ldim. U menga qo'ng'iroq qilishini aytdi va xayrlashdi. Albatta, men hech qanday qo'ng'iroq bo'lmaydi deb o'ylagandim o'shanda.

Lekin u vadasining ustidan chiqdi va biz Turinga yo'l oldik. "Torino" menga shartnoma taklif qilmadi, lekin ko'rikda uchinchi divizion klubi direktori bor edi. U meni jamoasiga chaqirdi.

Men Parijga qaytdim va Siciliyaning kichik bir jamoasi men uchun jannat eshiklarini ochishini hayol qila boshladim. 

Ammo unga etish oson bo'lmasdi. Menga jamoa Italiya shimolida tog'li zonalarda mashg'ulot olib borishini aytishdi. Men umrimda biror marta ham begona mamlakatga bir o'zim ketmagandim. Italiyancha gapirmasdim, qo'limda bir parcha qog'oz bilan yo'lga tushdim. O'sha qog'ozda onamning telefon raqamlari yozilgandi. Avval Milanga etib borish va u erdan boshqa transportga o'tirish zarur edi. 

Milanga etib keldim, ulkan tabloga ko'zim tushdi. CHiptamga qaradim, yana tabloga qaradim. Men chiqishim kerak bo'lgan poezd qani?

SHunda oldimga bir notanish odam keldi. Bir ko'zi ko'rmas ekan, o'zi Senegaldanman dedi. "Yaxshimisan og'ayni? Adashib qoldingmi? Anchayin homushsan».

Men qaerga borishim kerakligi, qaysi tomonga yurishni bilmayotganimni aytdim va chiptani ko'rsatdim. «Sening poezding bir soat oldin ketib bo'ldi».

U onamga qo'ng'iroq qildi, nima bo'lganini aytib berdi. Tabiiyki, oyijonim havotir ola boshladilar va sarosimaga tushib, meni ortga, Parijga jo'natib yuborishni iltimos qildi. Lekin o'sha notanish inson – u xuddi farishtadek edi. «Tashvishlanmang, ertaga uni o'zim to'g'ri yo'nalishdagi poezdga chiqarib yuboraman», - dedi.

Keyin biz uning uyiga bordik. Men unikida ovqatlandim, yotib uxladim. Ertalab soat oltida o'sha kishi meni uyg'otdi va vokzalga olib bordi, qaysi poezdga chiqishimni ham ko'rsatdi. Men u inson kimligini o'shanda ham, undan keyin ham bila olmadim. Lekin umrimning oxirigacha undan minnatdorman.

Yo'l-yo'lakay boshqa bir muammo yuzaga keldi. Men qaysi bekatda poezddan tushishim kerakligini bilmasdim. Qo'limdagi qog'ozda bekat nomi yozilgan, lekin tilni bilmasligim sababli har safar poezd to'xtaganda atrofdagilarning "boshini qotirishni" boshlardim.

Oxir-oqibat poezdda faqat men va uch nafar cherkov xodimalari qoldi. Uchinchi yoki to'rtinchi savoldan keyin ularning ham joniga tekkanimni tushundim, lekin oxiri etib bordim. Poezddan tushdim va hayratdan karaxt axvolda edim. 

U erda butkul hech nima yo'q edi. Hattoki o'rindiqlar ham. Faqatgina shamol esardi. 

«Ana endi yo'qolib qolganim aniq. Yordam bergani na Milanda qolib ketgan farishta, na qo'ng'iroq qilgani telefon, umuman hech kim yo'q edi. Nima qilsam ekan?»

Kutishga qaror qildim. Besh daqiqa, o'n, o'ttiz... Bir soat, ikki soat... Hech kim meni kutib olish uchun kelmasdi. Quyosh botib, kun qorong'ulasha boshladi.

Oradan olti soat o'tdi.

Meni olib ketish uchun mashina keldi, ichida klub direktori. «Kechirasan, kechirasan. Biz seni poezdga kech qolding deb o'ylagandik. Bla-bla-bla». U meni mehmonxonaga olib keldi va mashg'ulot uchun maxsus kiyimlarimni berdi. Ularni kiyib oynaga qaradim… «Nahotki!». O'sha lahza men dunyodagi eng baxtli bolakay edim. Oyimga qo'ng'iroq qildim. «Oyi, ishonasizmi? Bizga taom tortilyapti. Bu erda qoshiq, vilka, barchasi uch xildan ekan!»

Onam yig'lab yubordi».

O'sha inson bo'lmaganda, nima bo'lishini tasavvur ham qila olmayman. Vaholanki, unga mening hech qanday foydam tegmadi. Yaxshi odamlar kam emas, ishoning. Men bunga ishonaman!"


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика