"Irtish" maoshining kamayishiga rozi bo'lmagan o'yinchilar bilan shartnomalarni bekor qiladi
15 may 2020 16:42
Yangiliklar
"Irtish" maoshining kamayishiga rozi bo'lmagan o'yinchilar bilan shartnomalarni bekor qiladi
Pavlodarning "Irtish" klubi rahbariyati klubning katta qarzlari sabab joriy mavsumdagi maoshlarni kamaytirishga qaror qildi.
Bu haqda meta-ratings.kz sayti xabar bermoqda.
Futbolchilarga joriy yilning so'nggiga qadar maoshlarining qisqarishi taklif qilindi. Rahbariyat legionerlarning 50%, qozog'istonliklarning esa 70% maoshini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Agar futbolchilar va murabbiylar shtabi klubning bu qaroriga qo'shilmasa, ular bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi. Bularning barchasi klubning saqlab qolinishi va bankrotlikning boshlanishini oldini olish maqsadida qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Irtish" FIFAning qaroriga ko'ra, sobiq murabbiy Dimitar Dimitrov va uning yordamchilariga 1,2 million evro atrofida to'lashi kerak.
Manba: meta-ratings.kz
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar