Gazizov kelganidan keyin “Spartak”ning ilk transferi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi, tomonlar kelishuvga erishgan
18 iyu 2020 20:00
Yangiliklar


Gazizov kelganidan keyin “Spartak”ning ilk transferi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi, tomonlar kelishuvga erishgan
Bu haqda Metaratings.ru xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, SHamil Gazizov “Spartak”ning yangi bosh direktoriga aylanganidan keyin, klubning asosiy transfer maqsadi “Ufa” futbolchisi Oston O'runov bo'ladi. Klublar allaqachon kelishuvga erishgan. Hozirda transfer narxi borasida muzokaralar ketmoqda.
O'runov boshqirdistonliklar jamoasi safiga 2020 yilning fevralida “Lokomotiv” (Toshkent)dan kelib qo'shilgan edi. Gazizov vaqtidagi “Ufa” o'zbekistonlik o'yinchini 200 ming evroga sotib olgandi. U klub libosida 10 ta bahsda maydonga tushdi va ko'plab ekspertlar tomonidan yarim himoyachining dribbling harakatlari yuqori baholandi.
Transfermarkt esa Ostonning narxini 900 ming evro qilib belgilagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar