"Ximki" bosh murabbiyi O'runov haqida: "Spartak" bilan muzokaralar olib bordik, ammo barchasi maoshga borib taqalmoqda"

Alisher
14 iyul 2022, 14:56
"Ximki" bosh murabbiyi Sergey Yuran "Spartak" (Moskva) yarim himoyachisi Oston O'runovning jamoaga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

"O'runov bo'yicha "Spartak" bilan ijara borasida muzokaralar olib bordik. Masala futbolchining maoshi bilan bog'liq, sababi bu borada "Ximki"da ma'lum bir chegara bor. 

Maoshning bir qismini o'z bo'ynimizga olishga tayyormiz, qolganini esa spartakchilar to'lashini taklif qildik. 

Axir, ularga futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi foydali. Ammo, hozircha aniq bir narsa yo'q", - deydi Yuran.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru