“Lokomotiv” sobiq vice-prezidenti: “Jaloliddinov o'z yosh toifasidagilar orasida eng iqtidorli futbolchilardan biri, u Joau Mariudan kuchliroq bo'ladi”
18 iyu 2020 20:34
Yangiliklar


“Lokomotiv” sobiq vice-prezidenti: “Jaloliddinov o'z yosh toifasidagilar orasida eng iqtidorli futbolchilardan biri, u Joau Mariudan kuchliroq bo'ladi”
Moskvaliklar sobiq-vice prezidenti Yuriy Belous “Bunyodkor” azosi Jasur Jaloliddinov faoliyatini “Lokomotiv”da davom ettirishini tasdiqladi.
“Ha, bu haqiqat. U o'z yosh toifasidagilar (2002 yil tug'ilgan) orasida eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi va Osiyoning eng yaxshi besh o'yinchisi qatorida. Bu zo'r futbolchi. Juda ajoyib.
O'ylashimcha, u Joau Mariudan kuchliroq bo'ladi. Ishonamanki, mazkur futbolchi yaqin yillarda "Lokomotiv”ning o'yinini aniqlab beradi”, deya qayd etgan Belous.
Avvalroq, Jaloliddinov “Beshiktosh”ni emas, “Lokomotiv”ni tanlagani haqda malumot bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar