"Tottenxem" Sarr uchun 25 million evro to'lashi mumkin
26 avg 2021 11:07
Yangiliklar
"Tottenxem" Sarr uchun 25 million evro to'lashi mumkin
"Metc" yarim himoyachisi Pap Metar Sarr yaqin kunlarda "Tottenxem" o'yinchisiga aylanadi.
18 yoshli senegallik futbolchi ushbu hafta Londonda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Transfer narxi barcha bonuslar bilan 25 million evro atrofida bo'lishi mumkin. SHunga qaramasdan, Sarr 2021/22 yilgi mavsumni "Metc"da ijarada o'tkazadi.
Sarr o'tgan yili "Metc"ga Senegalning "Jenereyshn Fut" akademiyasidan kelgan edi. U 2020/21 yilgi mavsum asosiy tarkibda 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar