So’nggi yangiliklar

13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  0 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  58 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  0 12:19Каннаваро Тошкентда   16 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  18 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  12 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4

Andrey Kanchelskis: "O'zbeklar rivojlanishyapti, biz esa aksincha" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "O'zbeklar rivojlanishyapti, biz esa aksincha"

O'runovning O'zbekistondagi murabbiyi Kanchelskis, aynan Metaratings uchun "Spartak" yangi azosi O'runov haqidagi fikrlarini bayon qildi, shu bilan birga ayrimlar butun rus futbolini shafqatsizlarcha oyoq osti qilayotganini aytdi.

O'runovni shug'ullantirgan "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bilan bog'landik. "Manchester Yunayted" afsonasi, sobiq o'yinchisining "Spartak"ka moslashib ketish imkoniyatlarini va Ostonga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarini aytib o'tdi va shu bilan bir qatorda, RFUni keskin tanqid qildi.

O'runovning ustunligi
"Agar rahbarlar va murabbiylar shtabi uni jamoada ko'rishni istashgan bo'lsa, bu o'tishni ijobiy baholash mumkin. Men O'runov bilan ishlaganman, uning imkoniyatlari aqbovar qilmas darajada va istiqbolli, agar unga to'g'ri yo'nalish berib rivojlantirsangiz, kuchli futbolchiga aylanishi mumkin.

Yigit yaxshi jismoniy xususiyatlarga ega, texnik jihatdan kuchli, tezligi bor, birga bir vaziyatda raqibni aldab o'ta oladi. Agar bu fazilatlar rivojlantirilsa, bu yaxshi transfer. Biroq u muxlislar bosimiga qanday bardosh berishi, "Spartak" undan qanday va qaerda foydalanishi - bu jumboq.

Oston o'ziga qo'yilgan talablar nima ekanligini, u erda qanday muxlislar borligini va qaerda ekanligini tushunishi kerak. "Spartak" - bu hududiy "Ufa" emas, balki Rossiyaning birinchi raqamli klubi. U bu psixologik hujumga bardosh beradimi yoki yo'qmi – bu katta savol.

Aytgancha, O'runov juda yaxshi zarba bera olishini aytib o'tish lozim. Bazan u kutilmagan zarbalarni yo'llaydi, ko'pincha uzoq masofadan zarba beradi va xavfli vaziyatlarni tashkil qiladi. U o'ng oyog'ida chapidan ko'ra yaxshiroq o'ynaydi".



Ostonning kamchiliklari

"O'runovning bir nechta kamchiliklari bor. Birinchidan, u o'z jamoasi tomonda to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Raqibni aldashga kirishib ketishi, to'p bilan muomala qilishi va uni yo'qotishi mumkin.

Biz uni markazdan olishga harakat qildik, u insayd, qanot vakili, uchinchi hujumchi sifatida o'ynagan. Terma jamoa unga hamma narsani qilishiga imkon berdi. Faqat biz kelganimizda u qayta tiklandi va rivojlana boshladi.
Unga erkinlik berilganida, bu jamoa uchun minusga aylandi. Men undan ko'proq hujumda foydalandim, chunki raqib maydoni tomonda to'pni yo'qotish unchalik qo'rqinchli emas.

O'runovning pas berish bilan bog'liq muammosi bor deb aytiladi. Demak, o'rgatish kerak. Men uning uzatmalar bilan bog'liq muammolari bor deb aytmayman. U, albatta, Fernando emas, lekin Tedesko shtabi uning o'yinlarini tomosha qilgan va uning eng yaxshi fazilatlarini qanday ishlatishni tushunishadi. Hammasi Ostonni jamoada qanday qabul qilishlariga va futbolchi katta klubdagi ruhiy bosimni qanday engishiga bog'liq.
Yana bir noqulay tomoni shundaki, u rus tilini o'rganishi kerak, shunda murabbiylarning ko'rsatmalarini tushunadi. Agar u "Spartak"dagi muhitga ko'nikib ketsa, tilni tezda o'zlashtirib oladi."

Boshqa o'zbek futbolchilaridan farqi
“O'runov "Lokomotiv" sotib olgan Jaloliddinovdan mohirroq. Oston jismoniy tarafdan kuchli va yaxshi texnikaga ega.

O'runovni SHomurodov bilan taqqoslashingiz mumkin, ammo Eldor – to'purar. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan to'xtalishlar unga bir oz tasir qildi. Bu qiyin, barchamiz tushunamiz. Biroq O'runov uchun bu foydaga ishladi.
Ostonga omad, sog'lik-salomatlik va "Spartak"da o'z o'rnini topishini tilayman. Bu buyuk klub. U erga o'tish - haqiqatan juda zo'r. Bunday katta klubda o'ynash qimmat turadi".

O'zbeklar "moda"si qaerdan paydo bo'ldi?

"Munosib futbolchilar Rossiya Premer-ligasiga boradilar. Rus maktablarida katta muammo mavjud. Qalloblar va diletentlar bizning futbolimizga xalaqit berishadi...
Hamma narsa, har doimgidek, pulga borib taqaladi, RFUda firibgarlar ishlaydi. Futboldan yiroq odamlar bilan nima haqda suhbatlashish mumkin? Deyarli har bir rus klubida qalloblar bor.
Sobiq Sovet Ittifoqidan bo'lgan yigitlarning Rossiyaga kelishi... Bilmadim, men O'zbekistonda ishlayman va ko'ryapmanki, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyaga ketayotgan munosib futbolchilar bor. Ular rivojlanishmoqda, ammo biz tanazzulga yuz tutmoqdamiz - mana bu sizga to'liq javob", - dedi Kanchelskis.


Manba: metaratings.ru

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика