So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bugungi uchrashuv biz uchun haqiqiy sinov edi" Yangiliklar

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bugungi uchrashuv biz uchun haqiqiy sinov edi"

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Emod Muxammad 20 yoshgacha bo'lgan Osiyo kubogining Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarga o'yin haqidagi fikrlarini aytib o'tdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Yaponiya terma jamoasiga rahmat aytmoqchiman. Iroqliklarni esa g'alaba bilan tabriklayman. Bizning jamoa uchun bugungi uchrashuv haqiqiy sinov edi. Birinchi navbatda futbolchilarning mehnatidan minnatdorman, o'yinchilarimdan fahrlanaman. Biz finalga yo'l oldik, turnirning so'nggi bahsigacha musobaqada qoldik. Finalda esa O'zbekiston yoki Koreya kabi terma jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Barcha terma jamoada ishlayotgan hodimlarni va futbolchilarni tabriklayman.

- Bugungi o'yinga tayyorlagan rejangiz haqida aytib o'tgansiz, chunki o'yinda erta gol urildi va yaponlarning javobidan so'ng ham jamoa o'zini yo'qotib qo'ymadi?

- Biz Yaponiya terma jamoasi kuchli ekanligini bilardik va shu sabab o'yinchilarni ruhiy tomonlama ham o'yinga tayyorladim. Yaponlar ham biz haqimizda ko'p o'ylashgan. Futbolchilar qo'shimcha bo'limlarda yaxshi o'ynagani sabab g'alaba qozona oldik.

-  Ali Jasim, o'yin haqida fiklaringiz?

- Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi, lekin yaratganga shukur biz finalga yo'l oldik. Jamoadoshlarimni tabriklaymman, biz finaldamiz.

- Siz ikkinchi marotaba o'yinning eng yaxshi o'yinchisi bo'lmoqdasiz, bunga munosabati qanday?

- Biz murabbiy berayotgan ko'rsatmalar bo'yicha o'ynayapmiz va ko'rsatmalar o'z samarasini bermoqda. O'ylaymanki finalda ham yaxshi o'yin namoyish etib, g'alaba qozonamiz.

- Iroq prezidenti iroq halqini ushbu g'alaba bilan tabriklab sizga(bosh murabbiyga) savol yo'lladi, "Final bahsiga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisiz?"

- Biz finalga bor kuchimizni tashlaymiz, chunki bu so'nggi o'yin va bu o'yinda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Biz final bahsidan so'ng, barcha iroqlarning yuzida tabbasum bo'lishiga astoydil harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика