Iroq - Osiyoda barcha yoshdagi musobaqalarda g'olib chiqqan birinchi davlat
05 okt 2016 07:34
Yangiliklar


Iroq - Osiyoda barcha yoshdagi musobaqalarda g'olib chiqqan birinchi davlat
O'tgan hafta Iroq o'smirlar terma jamoasi Hindistondagi Osiyo chempionatida g'olib chiqqanidan xabaringiz bor.
SHunday qilib, Iroq Osiyo qitasidagi barcha yoshdagi musobaqalarda chempion bo'lgan dastlabki mamlakatga aylandi! Bunday natijaga qitamizning hech bir davlati erisha olmagan.
2007 yilda milliy terma jamoa Osiyo kubogida g'olib chiqqan edi. 2013 yilda Iroq U-22 jamoasi chempionlikka erishgan. Iroq yoshlari besh marta qitada tengsiz bo'lishgan.
2014 yilda 14 yoshgacha bolalardan iborat Iroq terma jamoasi Osiyo chempioni bo'lgan edi.
Iroqning barcha chempionliklari:
U-14 Osiyo chempionati (2014)
U-16 Osiyo chempionati (2016)
U-19 Osiyo chempionati (1975, 1977, 1978, 1988, 2000)
U-22 Osiyo chempionati (2013)
Osiyo chempionati (2007)
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 8

Fikrlar