So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Iqboljon Malikjonov: “Bekobodda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmasdi” Yangiliklar

Iqboljon Malikjonov: “Bekobodda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmasdi”

“Qo'qon-1912” jamoasi Superliganing 19-turida safarda “Metallurg” (1:0) ustidan g'alaba qozondi.

Mazkur bahsda qo'qonliklar safida yarim himoyachi Iqboljon Malikjonov ajoyib o'yin ko'rsatdi. O'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Iqboljon, safardagi ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. Bekobodda kechgan o'yindan keyingi taassurotlaringiz qanday?


- “Mashal” bilan bahsda g'alabani qo'ldan chiqardik. SHu bois “Metallurg”ga qarshi 6 ochkoli o'yin bo'lishini bilardik. Qolaversa, bekobodda anchadan buyon g'alaba qozona olmayotgandik. Mazkur jihatlarni hisobga olgan holda, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. “Metallurg” maydonida bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmasdi. Murabbiyimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

- “Metallurg” ko'rsatgan o'yin xususida nimalarni ayta olasiz?


- Bekobodda yaxshi jamoa shakllangan. Faqatgina, ularga bu mavsumda omad etishmayapti va natijalarida biroz pasayish kuzatilmoqda. “Metallurg” mavsum yakuniga qadar o'z o'yinini ko'rsatishiga ishonaman. Bizga ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi, vaziyatlarga ega bo'ldi. Umuman olganda, qiziqarli bahs bo'ldi.




- Jamoangizni barqaror o'yin ko'rsata olmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?


- Oxirgi turlarda bizga stabil o'yin etishmayapti. Deylik, bugun yaxshi o'yin ko'rsata olsak, keyingisida umuman boshqacha harakat qilmoqdamiz. “Qo'qon-1912” har bir o'yinda maksimal darajada harakat qilsa, o'shanda sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. Masalan, bundan avvalgi ikki uchrashuvda standart vaziyatlarda gol qo'yib yuborib, qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqardik. “Metallurg” bilan o'yin oldidan mashg'ulotlarda ko'proq standart vaziyatlar ustida ishladik. Bekobodda kechgan o'yinda esa tayyorgarligimiz g'alabamizga poydevor bo'ldi.

- Mavsum yakuniga qadar “Qo'qon-1912” qanday o'rinlar uchun kurashadi?


- CHempionat starti avvalida jamoamiz oldiga yuqori vazifalar qo'yilgandi. Yuqorida aytib o'tganimdek, bir maromda o'yin ko'rsata olmaganimiz tufayli ko'plab ochkolarni qo'ldan chiqardik. Natijada, ko'zlangan maqsadlarimizdan yiroqlashdik. Aslida sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishni rejalashtirgandik. SHunday bo'lsa-da, mavsumni yaxshiroq o'rinlarning birida tugatish uchun qolgan bahslarga katta etibor qaratamiz.

SHu o'rinda aytish kerakki, muxlislarni stadionlarga qaytishiga ruhsat berildi. Bu esa futbol ishqibozlari uchun yaxshi yangilik. Muxlislarimiz bizni stadiondan bevosita qo'llab-quvvatlashda davom etishsa, biz ham ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика