So’nggi yangiliklar

14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  0 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  0 13:40"Ўлдирса ҳам ош ўлдирсин". Доҳада Ўзбекистон U-23 терма жамоаси аъзоларига ош берилди  6 13:15Жасур Абдураимов: "Олимпиадага чиққанимиз ортидан рақибларнинг бизга нисбатан ҳурмати ошади"  2 12:45Германия терма жамоаси аъзоси "Бавария"да ўйнамоқчи  0 12:21U-23 Осиё кубоги. Яна бир легионеримиз клуб ихтиёрига жўнаб кетмоқда  29 11:42Харита ва глобусга киритилмаган орзунинг зафарли йўли  1 11:18Шармандага шаҳар кенг  9 10:25Мухлисларнинг кучи. «Милан» улар сабабли келишувга эришган мураббийи билан шартнома тузмади  3 09:54Томас Тухель: «Мадриддаги ғалаба бизни финалга олиб чиқади»  19 09:23Франция тарихидаги энг яхши ҳужумкор футболчилар аниқланди  14 08:52«Манчестер Юнайтед»нинг етакчиси ёзда жамоани тарк этиши мумкин  10 08:21Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум. У Вини эмас!  7 07:49Карло Анчелотти кечаги дурангдан сўнг нималар деди?  27 07:20«Бавария» — «Реал Мадрид» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  9

Intervyu. Ro'ziqul Berdiev: "Darajamizni yuqoriga olib chiqdik. Endi yanada yuqoriga qarab yurishni istaymiz" Yangiliklar

Intervyu. Ro'ziqul Berdiev: "Darajamizni yuqoriga olib chiqdik. Endi yanada yuqoriga qarab yurishni istaymiz"

Osiyo Kubogidagi tanaffusdan foydalanib Superliga klublarining tayyorgarlik jarayonlari bilan qiziqdik.

"Nasaf" va "Navbahor" jamoalari mavsumni barchadan ertaroq boshlaydi. 14 fevral kunida OCHLning pley-off bosqichi uchrashuvlari boshlanishidan xabaringiz bor. Unga ko'ra, "Nasaf" 14 fevral kuni Qarshida "Al Ayn"ni qabul qiladi. Mavsumning ilk rasmiy o'yiniga vaqt tobora oz qolmoqda. "Ajdarlar"ning Antaliyadagi tayyorgarligi va tarkibdagi o'zgarishlar haqida jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga yuzlandik. 

Bobir Abdixoliqov va SHarof Muhitdinov mavsumni "Nasaf"da boshlaydimi?

- OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan o'yinga va umuman yangi mavsumga taraddud qanday ketyapti? Ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Qaysi sanada o'ynashimizga qarab tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdik. Barchasi rejamiz asosida ketmoqda. O'n oltinchi kun Antaliyadamiz. Mashg'ulotlar, nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqdamiz. Hozirgacha 7ta o'yin o'tkazdik. Bu o'yinlarda eng muhimi yigitlarning jismoniy holati va o'yin amaliyotiga ega bo'lishi. Ko'proq o'yin o'tkazayotganimizni sababi ham shunda. Bugun ham birozdan so'ng navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushamiz. Oxirgi uchrashuvimizni 30 yanvar kuni "Vorskla"ga qarshi o'tkazamiz. Keyin futbolchilarga 4 kun hordiq chiqarish imkonini beramiz va Qarshida tayyorgarlikni davom ettiramiz. Oldimizda OCHL uchrashuvi bor. SHu bois imkon qadar yanada yaxshiroq hozirlik ko'ramiz. Tarkibimiz to'liq emas, terma jamoada  o'yinchilarimiz bor. SHaroitlar yaxshi, mashg'ulotlar, o'yinlarda o'zgarish bo'lgani yo'q. 

- Hozirgacha klub Islom Kenjaboev, Viktor Da Silva, Zoran Marushich, Temur CHogadze, Igor Golban kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Ularni tarkibga jalb qilishda ko'proq qaysi omillar hisobga olindi?

- Selekciya ishlariga kelsak, muammoli chiziqlarimizdan hujumni kuchaytirish uchun ularni jalb qildik. Yana bir jihatga etibor qildikki, har bir poziciya bo'yicha futbolchilarning saviyasini inobatga oldik. O'ylaymanki, bu yigitlarning jamoamizga foydasi tegadi va tez kirishib ketishadi. Bizning talablarimizni tezroq tushunib olishadi. 

- Odatda har yili "Nasaf"da tarkib bilan bog'liq muammolar, deylik tajriba etishmasligi, zaxiraning kamligi pand beradi. Bu yil esa tarkibni kuchaytira olyapti. Oldinda butun boshli mavsum turganini hisobga olganda bu muammo o'z echimini topdimi?

- Tarkibimizda raqobatni kuchaytirishimiz kerak. Xoh u tajribali , xoh u yosh futbolchi bo'lsin, har bir poziciyada raqobatni kuchaytirishga harakat qilamiz. Sog'lom raqobat muhiti bo'lishi zarur. Mavsum davomida ko'p musobaqalarda qatnashamiz. Buning uchun 2ta tarkib shakllantirishimiz kerak bo'ladi. Qaerdadir yosh futbolchilarga etibor qaratamiz. Ular ham tajribasini oshirib borishi lozim. Hujum chizig'i haqida o'ylayapmiz. Himoyani ham unutib qo'yganimiz yo'q, chunki o'tgan mavsum yakunlangach 2 nafar markaziy himoyachimiz bilan xayrlashdik. Bu chiziqni ham o'ylayapmiz. 

- Viktor da Silva jamoaga tez kirishib ketgan ko'rinadi...

- Silvaning mahoratiga va bizning o'yinimizga mos kelishiga ishondik. Harakatlari yomon emas. Kreativ, vaziyatlar yaratadi, o'zi ham gol uradi. Lekin unga jismoniy tayyorgarligi va o'yinimizga ko'nikishini aytmoqdamiz. "Nasaf" har doim jamoaviy o'yini bilan ajralib turgan. Bu narsa joriy mavsumda ham bo'ladi. 

- Ayni paytda yig'inda qatnashayotgan SHarof Muhitdinov "Nasaf"da qoladimi?

- SHarof masalasida shuni aytishim mumkinki, "Nasaf"da o'ynash ishtiyoqi borligini malum qildi va biz buni mamnuniyat bilan qabul qildik. SHarof talablarimizni yaxshi biladi. Universal futbolchi, deya olaman. Bir nechta poziciyada o'ynay oladi. Bunday tipdagi futbolchilar bizga ham zarur. O'ylaymanki, mavsum davomida SHarof  biz bilan birga bo'ladi. 

- "Nasaf" yana bir sobiq futbolchisi Bobir Abdixoliqovni ortga qaytarishi mumkinligi haqida xabar chiqdi. Uni ham jamoada ko'ramizmi?

- Rejamizda. Aniq bo'lgach batafsil malumot beramiz. Darajamizni yuqoriga olib chiqdik. Endi yanada yuqoriga qarab yurishni istaymiz. 

- 4 fevral kuni Superliganing joriy mavsumiga qura tashlanadi. Ilk turdan qanday raqibni kutyapsiz?

- Kim bilan o'ynashimiz katta ahamiyatga ega emas. Mavsum davomida barcha jamoalarga qarshi o'ynaymiz. 

- Olib borilayotgan harakatlardan "Nasaf"da bu yil chempionlik uchun imkoniyat har yilgidan ham ko'proqdek...

- O'zimiz qatnashadigan barcha turnirlarda oliy maqsadni oldimizga qo'yamiz. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

- Tajribali mutaxassis sifatida O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi o'yinlari qanday xulosalarni berdi?

- Osiyo Kubogini kuzatib boryapmiz. O'zbekiston terma jamoasi birinchi vazifani bajardi. Boshqa jamoalardan darajamiz yuqori ekanligi ko'rinib turibdi. O'ylaymanki, nimchorak finaldan ham oson o'tamiz. 

- Yakunda hech kim kutmagan jamoa kubokni qo'lga kiritsa, u qaysi terma jamoa bo'ladi?

- Osiyo Kubogini kutilmagan jamoa qo'lga kiritishiga ishonmayman. Etakchilar o'z o'rnida qoladi. O'zbekiston terma jamoasi ham Osiyo Kubogi bilan ortga qaytishini juda istardik. Umuman olganda terma jamoamizga omad tilab qolaman. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика