So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Intervyu. Deniel Starrij: “Jamoa bilan birga tavakkal qilaman” Yangiliklar

Intervyu. Deniel Starrij: “Jamoa bilan birga tavakkal qilaman”

“Liverpul” hujumchisi Deniel Starrij oxirgi uchrashuvlarda avvalgi saviyasiga chiqib borayotganini isbotladi.

“Everton” darvozasiga gol urgan futbolchi “Sportbox.ru” sayti bilan suhbatda o'yinga munosabati va maydondan tashqaridagi odatlari haqida berilgan savollarga javob berdi.

- Futbolchi oilasida tug'ilgansiz. Bobolaringiz etarli darajada yaxshi o'ynagan. Ularning fikri o'yiningizga tasir qilganmi?
- Ular menga ko'plab maslahatlar berishgan. Ulardan biri, bobom Din haligacha ko'ng'iroq qiladi. Menga nimadir zarur bo'lsa, uning raqamini terishim mumkin. Otam ham maslahatlar bo'yicha haqiqiy usta. Bu muhim, chunki ko'p yangiliklar olaman.

- Atrofdagilar uchun o'zingizni o'rnak ko'rsatuvchi deb his qilasizmi? SHunday bo'lsa, bu tufayli hayotingizni o'zgartirishga intilasizmi?
- Namuna? Menimcha, aynan shunday. Bunday bo'lishni istaganim uchun emas, balki yosh futbolchilar hamisha o'yinchilardan o'rnak olishadi. SHu sababli ularga yaxshi o'rnak bo'lish lozim, toki ular ijobiy narsalarni o'zlashtirishsin. Ular boshqa axmoqona misollardan ham foydalanishlari mumkin va ularning hayoti to'g'ri yo'nalishga qarab ketmaydi.


- Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
- SHunchaki uyda dam olaman. Restoran yoki muzeyga borishim mumkin. Ko'proq hordiq chiqaraman: filmlar, televizor, kitoblar yoki musiqa.

- Futboldan tashqari nimani eng ko'p yoqtirasiz?
- Musiqani. Ozroq musiqa ham yozib turaman. Yana modada yangiliklarni yoqtiraman.

- Faoliyatingizni tugatgandan keyin muxlislar yodida qanday qolishni xohlardingiz?
- O'yinni o'zgartira oladigan futbolchi sifatida. Bolalarni futbolni sevishga chorlay olgan va o'yinimni ular ko'chirishni xohlagan.

- Franciyadagi Evropa chempionatidan nima kutyapsiz?
- Terma jamoa libosida muvaffaqiyatni. SHunchaki ishtirokchi bo'lishni yoqtirmayman. Barchamiz g'alaba qozonishga intilamiz va umid qilamanki, mamlakatim yutuqqa erishadi.

- Terma jamoa libosini kiyishda o'zgacha faxr his qilasizmi?
- Albatta, chunki ortimda mamlakatim turadi. G'alaba uchun barcha narsani amalga oshiraman. Har bir odam bu holat o'yinchi uchun nimani bildirishini tushunishi muhim.

- Tavakkalsiz g'alaba bo'lmaydi. SHunday gap bor. Bunga izoh berasizmi?
- Ha. Bazida odatiy qilmagan narsangni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Oldindan o'ylanmagan harakat g'alabadan mahrum qilishi yoki uni olib kelishi mumkin. Hayotda tavakkal qilish lozim, futbolda esa yanada. Poziciyam nostandart qarorlar qabul qilishni talab etadi. Jamoa bilan birga tavakkal qilaman, bu menga zavq bag'ishlaydi.

- Yosh yigitlar ko'pincha futbol bilan yashashadi. O'zingizni shunday deb o'ylaysizmi?
- Futbol bilan yashayman. Xayolimda doim yangi harakatlar, fintlar va o'yinni o'ylab yuraman. Hayotni unda futbol borligi uchun sevaman. Yana videoda oldingi avlod o'yinlarini kuzatishni yoqtiraman. Ulardan doim o'rganaman. O'yinimni yaxshilash borish uchun barcha narsani qilaman.


- Moda sizga qanday yordam beradi?
- Moda futboldan ko'ra yaxshiroq tasir qilishi mumkin, chunki odamlar seni bilmasa, kiyinishingga qarab baho berishadi. Ranglar kayfiyatni tasvirlaydi. To'g'ri, qora rangni yoqtiraman va bu nimani anglatishini bilmayman. Bu rangli libosda menga qulay. Moda – ajoyib narsa. Uni hamisha yoqtirganman.

- O'yiningiz libos va oyoq kiyimingiz qanday ekaniga bog'liqmi?
- O'ylashimcha, o'zingni yaxshi sezsang, shunga yarasha o'ynaysan. Ular ko'p narsani bildiradi. Lekin kiyim ko'proq mashg'ulotga ketayotganda yoki ko'chada yurganda muhim, mashg'ulotda esa buning farqi yo'q. Hayotda o'zimnigina emas, oilamning ham bir bo'lagiman. SHu sababli yaxshi kiyinish muhim deb o'ylayman.

- Nima uchun sportcha oyoq kiyimlari kundalik garderobingizning ajralmas qismi sanaladi?
- Odamlar birinchi navbatda seni oyoq kiyimingga qarab baholaydilar. Doim krossovkalar kiyganman. Menda ular juda ko'p va uyimga ham sig'maydi. Buni ularga bog'liqlik deb aytish mumkin. Ularni doim yoqtiraman.

- Ularni soni nechta deb o'ylaysiz?
- 100 juftdan ortiq.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика