"Inter" va MYU Insine bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan
12 okt 2021 15:40
Yangiliklar
"Inter" va MYU Insine bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan
"Napoli" yarim himoyachisi Lorenco Insine jamoadan ketishi mumkin.
Insinening neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. SHartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo ayni damda tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti.
Klub o'yinchiga 4,6 mln evrolik maoshga ega shartnoma taklif qildi, ammo Lorenco bonuslar bilan birga 7 mln evro olmoqchi.
30 yoshli italiyalikning xizmatlariga "Inter" va "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Agar u va "Napoli" o'rtasidagi kelishuvga erishilmasa, u ushbu klublardan biriga kelasi yozda qo'shilishi mumkin.
Fikrlar