"Inter Mayami" hujumchisi Messi haqida: "U o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi"

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 13:55
"Inter Mayami" hujumchisi Leonardo Kampana jamoadoshi Lionel Messi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U qanchalik buyuk bo'lmasin, biz uchun qayg'uradi, birinchi o'zi xabarlar yuboradi, omad tilaydi va bu bizni ruhlantiradi. U kiyinish xonasida aslida qanday odamligini ko'rsatadi – muloqot chog'ida o'zini yaxshi tutadi, kichiklarni va kattalarni hurmat qiladi. Juda ko'p narsaga qodir bo'lganiga qaramay, o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi", – dedi Kampana.

Kampananing takidlashicha, Messi jamoani xotirjam qiladi, maydonda ko'rsatma beradi va o'yin oldidan futbolchilar bilan suhbat quradi.

Messi "Inter Mayami"ning so'nggi ikki o'yinida qatnashmadi. Jamoa usiz "Kanzas Siti"ni mag'lub etdi (3:2), "Atlanta"ga imkoniyatni boy berdi (2:5). Messi Argentina terma jamoasida bo'lgani uchun birinchi o'yinda ishtirok etmadi, ikkinchi o'yinni esa mushak jarohati tufayli o'tkazib yubordi.

36 yoshli argentinalik futbolchi hozirda "Inter Mayami" safida 11 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Jamoa bilan Liga Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports