"Inter" "Manchester Siti" hujumchisini nishonga oldi
22 fev 2022 17:53
Yangiliklar
"Inter" "Manchester Siti" hujumchisini nishonga oldi
"Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Goal" xabariga ko'ra, "Inter" braziliyalik forvardning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Biroq "shaharliklar" uni qo'yib yuborish niyatida emas.
Amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin yakunlanadigan futbolchi bilan "Manchester Siti" kelishuvni uzaytirish va maoshini yaxshilash ishlarini olib bormoqda.
Jezus ushbu mavsumda APLning 19 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.
Fikrlar