"Inter" Lukakuning o'rniga Insineni o'z safiga qo'shib olishi mumkin
12 avg 2021 09:57
Yangiliklar
"Inter" Lukakuning o'rniga Insineni o'z safiga qo'shib olishi mumkin
"Inter" Romelu Lukakuning o'rniga boshqa futbolchi izlashda davom etmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marcioning malum qilishicha, milanliklar "Napoli"ning 30 yoshli futbolchisi Lorenco Insinega qiziqish bildirishmoqda.
Neapolliklar sardorining shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
U o'tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikrlar