So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Injiq diktator - Tomas Tuxel. Muvaffaqqiyatlarining siri va murabbiylik faoliyati Yangiliklar

Injiq diktator - Tomas Tuxel. Muvaffaqqiyatlarining siri va murabbiylik faoliyati

CHelsi yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan birgalikda ECHL kubogini qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari Angliya kubogi g'olibi bo'ldi va mavsumning ikkinchi yarmida ajoyib o'yinlar ko'rsatdi, har qanday jamoani mag'lub eta oladigan klubga aylandi. Bu natijalarda nemis mutaxassisining hissasi beqiyos. Uning murabbiylik faoliyati va muvaffaqqiyatlari haqida quyidagi maqola orqali javob olishingiz mumkin.

Futbol murabbiyining ishini besh turga bo'lish mumkin:

Yoshlar jamoasidagi boshqaruv

Zaif jamoadagi boshqaruv

O'rtamiyona jamoadagi boshqaruv («Sevilya», «Marsel», «Roma»).

Top jamoadagi boshqaruv («Yuventus», «CHelsi», «Liverpul»).

Mashhurlar jamoasidagi boshqaruv («Real Madrid», «Barselona», PSJ).

Tomas Tuxel har qanday jamoada ishlagan. «Augsburg» va «Maync» yoshlar jamoalari hamda Bundesligaga endigina kirib kelgan o'rtamiyona «Maync»da faoliyat yuritgan. SHundan so'ng Dortmundning «Borussiya»sida bosh murabbiylik qildi. PSJ esa Tuxelni taniqli va katta murabbiyga aylantirdi.

«CHelsi»dagi muvaffaqqiyatlari esa, uning faoliyatidagi eng katta o'sish bo'ldi.

PSJga kelishidan oldin u ziddiyatli va murosasiz edi: rahbariyatni ochiqchasiga tanqid qilar, futbolchilar bilan janjallashar va muxlislarga deyarli etibor bermasdi. Parijga ko'chib o'tgach, u bunday xarakter bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmasligini tushundi va o'zini tutishini sezilarli darajada yaxshi tomonga o'zgartirdi.

Tuxel bunday klubda murosa va sadoqatni izlash va futbolchilarga mehr bilan munosabatda bo'lish asosiy vazifa ekanligini anglab etdi. Uning qo'l ostida Neymar PSJdagi eng yaxshi davrni o'tkazdi: bosim ostida mashq qila boshladi, yangi rolni o'zlashtirdi va birinchi suhbatdan keyinoq Tuxel undan nima talab qilayotganini his qila oldi.

Qisqa qilib aytganda, Tomas o'z darajasidan oshib o'tish orqali insoniylik tomonga o'zgardi. Ammo PSJ bilan munosabatlar qanday bo'lishidan qati nazar, o'rtada tushunmovchilik yuzaga keldi. SHuning uchun, oxir-oqibat, jamoani tark etishga majbur bo'ldi. Biroq ikki yarim yil davomida Parij jamoasi avval uddalay olmagan ishni amalga oshirib, ECHL finaliga qadar etib bordi.

PSJdan keyin «CHelsi» uning uchun eng yaxshi variant edi. Futbolchilar mukofot pullaridan ko'ra murabbiy talablarini bajarishga tayyor. Rahbariyat bilan janjallashadigan sabab yo'q. Tuxel «Borussiya»dan PSJga o'tishda juda katta o'zgarishlarni amalga oshirgani sabab bunday sharoitda ishlashni o'rganib oldi, grand klublarda faoliyat olib borish endi unga osonroq.

SHaxsiyat...

Yuqorida takidlaganimizdek, Tuxel dastlabki mavsumlarni yaxshi o'tkazadi, oxir-oqibat rahbariyat bilan janjallashib, klubni tark etadi. 

«Maync»ni boshqargan kezlari rahbariyatdan yaxshi futbolchilarni sotib olmasliklarini talab qildi va klub pul ishlashini xohladi. Aslida klub uchun juda ko'p ish qilganingizda yaxshiroq sharoitlarni talab qilish tushunarli holat. Tuxel boshchiligidagi besh yillik mavsumda Bundesligada faqat to'rtta klub «Maync»dan ko'proq ochko to'plagan. 

U hech qachon klubdagilarga nisbatan oila azosi sifatida qaramagan. PSJda atigi ikki marta tug'ilgan kunini futbolchilar va xodimlar bilan nishonlagan hamda klub tadbirlarida qatnashgan. 

U xuddi Karlo Anchelotti kabi kiyinish xonasida yaxshi ko'rilgan. Tuxel o'jarlik va zaharhandaliligini yashirib, mojarolar kelib chiqishining (Mbappe va Kimpembe o'rtasida) oldini oldi.

«Maync» darvozaboni Xaync Myuller: «Tuxel - injiq diktator. Unda qasoskorlik hissi bor. Bazan muvaffaqiyatga erisha olmaganida, u futbolchilarga murojaat qilib, aybdorlarni qidirishni boshlaydi».

«The Guardian»ga bergan intervyusida «Maync»ning yana bir futbolchisi: «U shunchalik talabchan ediki, ko'pchilik bunga dosh berolmasdi. Tuxel o'jar va teginuvchan edi».

«Borussiya» Tuxelni taklif qilganidan bir muddat vaqt o'tgach, muammolar paydo bo'lishi haqida ogohlantirishdi. Yakuni esa, kutilganidek bo'ldi. 

Klubdan iqtibos: «Bir yarim yil davomida hammasi yaxshi edi, keyin hamma narsa «Maync»da aytilganidek o'tdi»

Ikki yil davomida «Borussiya»da Tuxel bazi futbolchilar, bosh skaut Sven Mislintat, etakchilar Zork va Vacke bilan janjallashdi. Klub xodimlarining aytishicha, Tuxel biron-bir narsani yoqtirmasa darrov g'azablangan. U klub va muxlislar bilan aloqa o'rnatishga intilmagan, jamoaviy tadbirlarda deyarli ishtirok etmagan.

Roman Vaydenfeller: «Gap futbol haqida ketganida, Tomasga tenglashib bo'lmaydi. Ammo odamlar bilan munosabatlar darajasida bunday deb bo'lmaydi». 

U bilan «Augsburg»da birga ishlagan Nagelsmann: «Uning jamoaga yordam beradigan aqlbovar qilmas kuchi bor. Ammo bu bazida muammolarni keltirib chiqaradi. U yoki hamma bilan yarashadi yoki hech kim bilan ishlamaydi».

Ha, Tuxel o'z xarakterini PSJda yashirgan, ammo charchagan. Hamma joyda bitta umumiy tendenciya mavjud: Tuxel rahbariyatning siyosati va harakatlaridan rozi emas, shuning uchun u klubni janjallashib, tark etadi. 

Markinos Tuxelning rahbarlar bilan janjallashish sabablarini aniq tariflab berdi: «Tomas, shunchaki murabbiy emas, u menejer. Klubning barcha jarayonlarida ishtirok etishni istaydi»  

Tuxel o'zi boshqargan barcha klublarda natijalarga erishdi. U «Maync»ni butunlay boshqa darajaga olib chiqdi. «Borussiya» bilan mamlakat kubogini yutdi, PSJda - ikki yarim yil ichida oltita sovrin va tarixda ilk bor CHempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Qaysi klubda faoliyatini boshlamasin Tuxel dastlabki mavsumda o'zini ancha sokin tutardi. Keyingi mavsumlarda doimiy ravishda rahbariyat bilan janjallashar va jamoadan ketar edi.

Ammo! PSJga kelgach barchasi o'zgardi: ikki yil davomida u umuman rahbariyat bilan to'qnashmadi avvalgi klublardagi singari janjal bilan emas, balki deyarli tinch yo'l bilan tark etdi (avvalgilaridan ko'ra tinchroq holatda).

«CHelsi» hammasini hisobga olgan. SHuning uchun u Tuxel bilan atigi bir yarim yilga shartnoma imzoladi. Ha, klub tarkibini shakllantirish sababli deyarli har doim tushunmovchiliklar bo'lib turadi. Murabbiylar «Stemford Bridj»da kamdan-kam hollarda ikki mavsumdan ko'proq ishlaydi.

Ayni paytda Tuxel «CHelsi»da eng yaxshi davrini o'tkazmoqda. Jamoaga kelgan paytda transfer oynasi yopiq edi. Yangi mavsumga tayyorlanish jarayonida klubdagilar bilan janjal ko'tarmasligiga hech kim kafolat berolmaydi, biroq u o'zgardi.

Masalan, birinchi matbuot anjumanida u o'zining fel-atvoridagi muammolarini tushunganini va shu ustida shug'ullanayotganini aytdi. Takidlash joizki, bundan oldin ushbu xususiyatiga hech qanday izoh bermasdi:

«Siz o'z uslubingizni doimiy ravishda futbolchilaringizga kerak bo'lgan jihatlarga moslashtirishingiz kerak, siz o'zgarishingiz, rivojlanishingiz va o'sishingiz kerak. Men ijobiy tarafga o'zgardim. O'jarligimni biroz chetga surishim kerakligini angladim».

Tomas Tuxel top murabbiyga aylanib ulgurgani haqida haqida ko'p bor takidlandi. Bu darajaga chiqishi uchun o'z xarakterini ijobiy tomonga o'zgartira oldi. Uning mahoratiga shubha yo'q: yarim mavsum davomida Diego Simeone, Yurgen Klopp, Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola jamoalarini hotirjam tarzda engga oldi. Agar bularning barchasiga shahsiyatidagi nuqsonlarni bartaraf etish va futbolchilarga o'z ruhiyatini singdira olish orqali erishgan bo'lsa, muvaffaqqiyatlarining siri topildi. Nemis futbolining davri boshlandi, shekilli.


Gol.ru saytidan Humoyun Oripov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика