So’nggi yangiliklar

15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  1 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  2 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  10 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20

Infantinoning futboldagi islohotlari davom etadi Yangiliklar

Infantinoning futboldagi islohotlari davom etadi

Teglar :  Janni InfantinoFIFA
FIFA prezidenti Janni Infantino klublar o'rtasidagi jahon chempionati formatiga o'zgartirish kiritmoqchi.

Amaldor bu turnir ishtirokchilari sonini ham oshirishni rejalashtirgan. Uning taklifi bo'yicha ishtirokchi jamoalar soni 7tadan 16tagacha oshirilishi mumkin. Bundan oldinroq, Barselona direktorlari kengashi shunday tashabbus bilan chiqishgandi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2005 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Bu turnir qitalararo kubok o'rniga joriy etilgan.

Sentyabr oyida Janni Infantino terma jamoalar o'rtasidagi jahon chempionati qatnashchilari sonini 32tadan 40 yoki 48tagacha oshirish taklifini bildirgandi. Bu masala yil oxirigacha hal etilishi kerak.

FIFAning Cyurixda bo'lib o'tgan yig'ilishida 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun arizalarni qabul qilish tamoyili maqullandi.

2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun arizalar 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarini qabul qilayotgan futbol federaciyalari (UEFA va OFK) tarkibiga kirmaydigan davlatlardan qabul qilinadi.

Evropa davlatlari agar boshqa qitadagi davogarlar texnik yoki moliyaviy talablarga javob bermasagina jahon chempionatini o'tkazishga umid qilishlari mumkin, deb malum qilindi FIFA rasmiy saytida. SHu bilan birga, bir nechta davlatlar jahon chempionatini birgalikda o'tkazishiga hech qanday cheklovlar yo'q.

2026 yilgi mundialni o'tkazishga asosiy davogar AqSH hisoblanadi. FIFA 2026 yilgi mundial ishtirokchilari sonini 40 yoki 48taga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Bu haqda tashkilot rahbari Janni Infantino jurnalistlarga malum qilgan.

Jahon birinchiligi formatini o'zgartirish taklifi Cyurixda juma kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ko'rib chiqiladi. 9 yanvarida o'tkaziladigan navbatdagi yig'ilishgacha qabul qilinadi.

JCH ishtirokchilari sonini oshirish g'oyasi o'z vaqtida portugaliyalik futbol yulduzi Luish Figu tomonidan ilgari surilgandi. FIFA rahbarligi uchun nomzod bo'lgan Figu mundial ishtirokchilari sonini 32tadan 40ta yoki 48tagacha oshirish taklifini bergandi. Keyinroq, o'sha vaqtda UEFA bosh kotibi, hozirda FIFA prezidenti bo'lgan Janni Infantino ham bu taklifni qo'llab-quvvatladi.

Jahon chempionatlarida 1998 yildan buyon 32tadan terma jamoa qatnashib kelmoqda. Ungacha, 1982 yildan buyon ishtirokchi terma jamoalar soni 24tadan bo'lgan. 1930 yilda Urugvayda o'tkazilgan ilk turnirda 13ta milliy terma jamoa g'oliblik uchun kurashgandi. 2018 va 2022 yillarda Rossiya hamda qatarda bo'lib o'tadigan mundiallarda 32tadan terma jamoa ishtirok etadi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика