Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo'lladi
06 iyu 17:52
Yangiliklar
Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo'lladi
“Janobi Oliylari,
Hurmatli Prezident!
Kecha O'zbekiston o'z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo'lib JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.
Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O'zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo'lgan barchaning birgalikdagi say-harakatlari va qatiy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O'zbekiston futbol associaciyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo'llayman.
Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar