Ilichich “Atalanta”ni tark etish niyatida
01 avg 2021 08:21
Yangiliklar
Ilichich “Atalanta”ni tark etish niyatida
“Atalanta” jamoasi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinining aytishicha, jamoa yarim himoyachisi Yosip Ilichich klub bilan xayrlashish niyatida ekan.
“Yosip o'tgan mavsum so'nggida boshqa jamoaga o'tish niyatida ekanligini va rahbariyat buning uchun ruxsat berishini iltimos qilgandi. Uning niyati jiddiy va o'ziga yangi jamoa izlamoqda”, deya Gaspirining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira.
Skiraning malumotlariga ko'ra, “Atalanta” rahbariyati Ilichich o'rnini “Sassuolo” yarim himoyachisi Jeremi Boga bilan to'ldirishmoqchi.
Ilgariroq “Milan” klubi Ilichichni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqqandi.”Atalanta” futbolchi uchun 8 million evro talab qilmoqda. “Milan” esa futbolchi uchun 3 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas.
O’xshash yangiliklar
00:05
A Seriya. "Inter" "Milan"ga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida mag'lubiyatdan qutulib qoldi 12
Fikrlar