So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Ilhom SHomurodov: "Jamoamizning yutuqlarida Ro'ziqul akaning mehnati katta" Yangiliklar

Ilhom SHomurodov: "Jamoamizning yutuqlarida Ro'ziqul akaning mehnati katta"

Ushbu futbolchini “Nasaf” jamoasining yutuqlariga qo'shgan hissasi salmoqlidir.

Ilhom SHomurodov. Ko'p yillardan buyon “Nasaf” safida faoliyat yuritib kelayotgan hujumchi jamoaning muhim o'yinlarida hal qiluvchi gollarni urib, jamoasini qiyin ahvoldan olib chiqqan va g'alabasiga o'zining katta hissasini qo'shgan.

Surxon vohasining Jarqo'rg'on tumani markazida, futbolchilar oilasida voyaga etgan Ilhom SHomurodov futbolchi akalariga yoshlikdan havas qildi va ular izidan ketdi. SHomurodovlar oilasining barcha azolari futbol bilan chambarchas bog'liq. “To'palang” jamoasi safida to'p surayotgan Ilhom u paytlar “Mashal” jamoasiga bosh murabbiy bo'lgan rossiyalik mutaxasis Viktor Kumikovning nazariga tushadi va uni mavsum oxirida jamoaga taklif qiladi. O'zingizga malum keyinchalik V.Kumikov vohaning bosh jamoasi “Nasaf”da faoliyatini boshlaydi va o'zi bilan bir qator o'yinchilar bilan Ilhom SHomurodovni ham jamoaga olib keladi. SHu-shu Ilhom “Nasaf” jamoasida o'zining muqim o'rnini topadi. To'g'ri, jamoada shunday paytlar bo'ldiki, hujum chizig'ida yuzaga kelgan katta raqobat tufayli u ijara asosida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida ham yarim mavsum to'p surdi.

Odatda, jurnalistlar qaysi futbolchi o'zini ko'rsatsa o'sha futbolchi bilan suhbat uyushtirishga yoki u haqida ko'proq yozishga intilishadi, albatta bu tabiiy. Ammo, biz ushbu ananani bo'zgan holda go'yoki ishqibozlar nazaridan chetlashayotgan o'yinchi bilan suhbat qilishga qaror qildik. Aslida shunday qilmasak Ilhomdek o'yinchiga nisbatan adolatsizlik ham bo'lardi.

Boshqa tomondan Ilhom SHomurodovning ayni kunlarda kayfiyati va nimalar haqida o'ylayotgani bilan qiziqdik. Quyida suhbatimiz asosan ana shu haqda bo'ldi.

-Ilhom mana chempionatimizning o'nta turi ham ortda qoldi, sizningcha bu yilgi chempionatimiz o'tgan yillardagi chempionatdan farq qilayaptimi?

-Ha deb, javob bera olaman. CHunki o'tgan yillardagi chempionatlarda mavsum boshlangandan chempion nomi aniq bo'lib qolar edi, bu yilgi chempionatda esa mana 10 tur o'tgan bo'lsada, turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgan besh jamoaning to'plagan ochkolari bir-biridan katta farq qilmaydi. CHempionatimizdagi kuchli jamoalar bilan, biz kuchsiz deb hisoblagan jamoalar ham tengma-teng kurash olib borishayapti, bundan tashqari kutilmagan natijalar ham chempionat intrigasini oshirayapti. Bu yilgi mavsumda go'yoki kelishilgan o'yinlarga qarshi katta kurash boshlangandek. Albatta bunda yurtimizdagi jurnalistlarning ham katta hissalari bor. Ular keyingi yillarda futbolimizdagi kamchiliklar haqida ayovsiz yoza boshlashdi bu jarayonga tasir etmasdan qolmayapti. Ammo ayrim hakamlarni saviyasini oshirishni talab qilish kerak, tengma-teng borayotgan o'yinda hakamning birgina xatosi salbiy bo'layapti.

-”Nasaf” jamoasida bu yil ham hujumchilar “oqsayapti” yani ular ko'p vaziyatlardan unumli foydalana olishmayapti, bunga asosiy sabablar nima?

– Bundan albatta hujumchi sifatida men xijolatdaman. Afsuski, safimizga yangi qo'shilgan hujumchi O.Kablashning o'yini chiqmadi. Buning ustiga qatorasiga jamoamizning ikki hujumchisi jarohati tufayli maydonga tusha olmayapti. Hujum chizig'imizda raqobat kamayib ketdi…

-Kechirasiz, siz raqobatdan qo'rmaysizmi?

– Bilasiz, raqobat bor joyda rivojlanish bo'ladi, men bundan aslo qo'rqmayman. Men uchun muhimi maydonga tushishim yoki tushmasligim emas, balki jamoamizning yutug'i muhimroq. Jamoada hujumchilarni ko'pligi vazifani ado etishda yordam beradi. Yaqin kunlarda Kenja To'raev va Azamat Allaniyozovlar safga qaytadi, o'ylaymanki hujum chizig'imiz kuchayadi.

-Demak, sizga hujum chizig'ida hamkor paydo bo'ladi, shundaymi?

-SHunday. Oldinda asosiy hujumchi bo'lsa, men orqaroqda o'ynasam o'ylaymanki foydam ko'proq tegadi, bu avvallari Boshkovich bilan o'ynaganda ham ko'p foyda bergan.

-O'yinlarda asosiy hujumchi sifatida maydonga tushganingizda, o'zingizda bosim his qilasizmi?

-Yo'q. Hech qanday bosim his qilmayman. Balki bor diqqat etiborim o'yinga qaratiladi. O'yindan keyin yo'l qo'ygan kamchiliklarim haqida o'ylab, xulosa qilishga harakat qilaman, kamchiliklar ustida ishlayman. Muxlislar mendan nimani kutishini bilaman yani ularni ko'proq jamoamiz g'alabasi qiziqtiradi. Gol urmasdan g'alabani qo'lga kiritib bo'lmaydi.

-Endigi savol OCHLning so'nggi Qarshida bo'lib o'tgan “Al-Ahli” jamoasiga qarshi uchrashuvdagi urgan golingizni hakam hisobga olmagani haqida bo'ladi, shunda o'zingiz to'pni darvoza chizig'ini kesib o'tganini ko'rdingizmi, ko'rgan bo'lsangiz nega birdan nishonlab ketmadingiz?


-Ha ko'rdim, darrov gol bo'lganini ko'rsatib qo'limni ham ko'tardim, afsuski buni yon hakamni ko'rishi amri mahol edi, bosh hakam ham bu vaziyatda qanot hakami qaroriga tayandi va golni hisobga olmadi, bu bizga qattiq tasir qildi. Meni bitta katta kamchiligim bor, menda hujumchilarga mos ko'ngli qattiqlik etishmaydi…

– SHu haqda savol bermoqchi edim, o'zingiz boshladingiz. Hujumchida xarakter qanchalik rol o'ynaydi?

– Menga Viktor Kumikov juda ko'p marta “Ilhom seni ko'ngling juda bo'sh, senda tajovuzkorlik yo'q. Hujumchida gol urish uchun isyonkor xarakter ham bo'lishi kerak”, – deb qaytarardi. Afsuski, yumshoq ko'ngilliman, sut bilan kirgan jon bilan chiqadi deyishganidek, shu xarakterimni o'zgartira olmadim. Bu degani raqiblarni Ilhom ayar ekan degani emas, yuqorida aytganimdek asosiy fikr xayol o'yinda gol urib, jamoamni yutug'ini taminlash bo'ladi.

– Siz gol ura olmagandan keyin murabbiydan ko'p dakki ham olasizmi?

– Yo'q, Ro'ziqul aka hech qachon qupol muomalada bo'lmaydi, aksincha xatolarimizni yotig'i bilan tushuntirib, shu kamchiliklardan tezda holi bo'lishimizga undaydi.

– Mana siz nafaqat jamoaning ko'p maydonga tushadigan o'yinchisi sifatida balki tajribali o'yinchilaridan biri hisoblanasiz, sizningcha jamoadan bundanda yaxshi o'yin kutish mumkinmi?

-Jamoamiz erishgan yutuqlarga qoniqib yoki o'ziga katta baho berib, bir joyda to'xtab qolgani yo'q. Ustozimiz Ro'ziqul Berdiev doimo izlanishda. O'zlaringiz guvohsiz, jamoamizning avvalgi murabbiylarida ijobiy natija ko'rsatish uchun qo'lida tarkib jihatdan juda katta imkoniyat bo'lgan. Afsuski, Ro'ziqul aka mavjud imkoniyatdan foydalanishga majbur bo'layapti, buni uddasidan chiqayapti ham. U kishi tabiatan o'ziga ham qo'l ostidagilarga ham juda talabchan. Mashg'ulotlar ko'ngildagidek ketayapti, bunga qo'shimcha, endi biz o'yinchilarda ham o'z ustimizda mustaqil ishlash uchun vaqt bo'layapti. Gapni cho'zib o'tirmasdan aytishim mumkin muxlislar bizdan bundanda chiroyli va mazmunli o'yinlarni kutishlari mumkin, hamma harakatimiz shunga qaratilgan. Jamoada muhit juda yaxshi. Yoshi katta o'yinchilar endi professional futbolga kirib kelayotgan yoshlarga o'z maslahatlarini berib borayapti. Maydonda jamoadosh bo'lsak, maydon chetida xuddi aka-ukalardekmiz. Har bir taktika yoki yangi o'yin usuli Ro'ziqul aka boshchiligida yaxshilab o'rganiladi va uni ijro qilish yo'llari belgilanadi. Ozuim u kishi bosh murabbiyligida jamoamizning katta yutuqlarini birgalikda qo'lga kiritsam deyman.

-Ilhom ko'pchilikning nazdida “Nasaf”ning yutuqlariga asosiy sabab, bir xil o'yinchilar ko'p yillardan buyon birga o'ynayotgani deb hisoblanadi, siz bunga nima deysiz?


-Bu ko'pam to'g'ri fikr emas. Tarkibimiz sezilarli darajada har yili o'zgarib turibdi. CHunki, tarkibga etibor bersangiz sanoqli o'yinchilar 3-4 yildan beri asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Hammasi emas. Fikrimga misol tariqasida aytamanki, Bahrom Abdurahimov, Roy Roklar safimizga bu yildan qo'shilgan. Boshqa yana shunday o'yinchilar borki, ular safimizda o'tgan yildan boshlab ko'proq maydonga tushishayapti. Menimcha, bu erda murabbiyning mehnatini ko'proq takidlash kerak, jamoa o'yinchilarini bir maqsad atrofida to'plash har kimning qo'lidan kelavermaydigan ish. Yangi safimizga qo'shilgan o'yinchilar tez jamoa o'yiniga kirishib ketayotganidan yuqoridagi fikr kelib chiqayotgan bo'lishi mumkin. Yana takroran aytaman bu Ro'ziqul akaning mehnati orqali bo'layapti. To'g'risi tan olaman, bu tajriba men uchun ham kelgusida asqotadi degan, umiddaman.

– Siz keyingi paytda muxlislar tomonidan ko'proq tanqidga uchraydigan o'yinchilar sirasiga kirib qoldingiz, bundan xafa emasmisiz?

-Tanqidlar o'rinli deb hisoblayman, muxlislar jamoadan va o'yinchilardan ko'p narsani talab qilishi tabiiy. Bunga ularning haqlari bor. Menga nisbatan bo'ladigan tanqidlarni to'g'ri qabul qilaman, xafa bo'lmayman. Demak, men yaxshiroq o'yin namoyish qilishim kerak, ustimda ko'proq ishlashim kerak. Bunga harakat ham qilayapman. Hujumchining o'yinda gol ura olmasligini hech kim kechirmaydi. Muxlislarni ishontirib aytamanki, bu kamchiliklar bartaraf etiladi.

– Oilangiz haqida qisqacha so'zlab bersangiz.


– O'ylanganman, ikki nafar qiz farzandim bor. Turmush o'rtog'im Toshkentdagi xorijiy tillar institutini tamomlagan – pedagog, tumanimizdagi o'quv yurtida chet tilidan yoshlarga talim berib kelmoqda. Oilamizda besh o'g'il va bir qizmiz. Akalarim hammasi futbol o'ynagan. Endi ularning farzandlari ham futbolchiga aylanishmoqda. Uyda ham asosan suhbat mavzusi futboldan bo'ladi. Hattoki onamning yoshlari anchaga etib qolgan bo'lsada, xuddi yoshlardek futbol ishqibozi, u kishiga qo'yib bersangiz kechasi bilan futbol ko'rishni kanda qilmaydilar. Oilamiz shunaqa.

-Jamoa muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

-SHu o'rinda aytib o'tishni hohlardimki, “Nasaf” jamoasining muxlislari bari-bir boshqacha, ularni juda hurmat qilaman. Qarang ular o'yinimizga ko'plab tashrif buyurishayapti, bu juda quvonarli hol. Bu yildan boshqa viloyatdagi muxlislarimiz soninin ortayotgani ham bizni xursand qilayapti. Bularni biz –jamoadoshlar ham o'zaro suhbatlarda etirof etamiz va bir-birimizni shu ishonchni yo'qotmaslikka chaqiramiz. Ishonchim komilki, “Nasaf” jamoasining shonli ananasi hech qachon yo'qolmaydi, balki rivojlanaveradi. SHunday jamoa sharafini himoya qilish katta baxt deb, hisoblayman. Fursatdan foydalanib, muxlislarimizning hammasiga jamoamiz o'yinchilari nomidan kattadan-katta tashakkurlar bildirib qolaman. Ular baxtimizga doimo sog' va omon bo'lishsin.

-Ilhomjon suhbatingiz uchun rahmat, sizga va siz orqali barcha yigitlarga kelgusi o'yinlarda omadlar tilab qolamiz.

– Sizga ham etiboringiz rahmat.

Suhbatni Renat Ernazarov olib bordi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика