So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  4 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  4 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  8 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1

Ikkinchi liga. “Bunyodkor”ning ikkala jamoasi keyingi bosqichda Yangiliklar

Ikkinchi liga. “Bunyodkor”ning ikkala jamoasi keyingi bosqichda

Kuni kecha ikkinchi liga jamoalarining Toshkent shahar xududi birinchiligi 1-bosqich uchrashuvlari yakunlandi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 32ta jamoa to'rtta guruhda kurash olib borishdi. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra, 1-2 o'rinni egallagan jamoalar ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

“Bunyodkor” FKning 1998/1999 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat har ikkala jamoasi 2-bosqichga birinchi o'rin bilan yo'llanma olishdi.

Dilmurod Abdullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” jamoasi “V” guruhida ishtirok etib, 37 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni egalladi.

“Bunyodkor-B” jamoasiga Dmitriy Kim ustozlik qilmoqda. U o'z shogirdlari bilan barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlab, 48 ochko jamg'argan holda o'z guruhida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etdi.

SHu tariqa, 2-bosqichga yo'llanma olganlar:
“Namuna” va “Tramvaychi” (“A” guruhi);
“Bunyodkor A” va “Ko'zteks” (“V” guruhi);
“Bunyodkor B” va “Lokomotiv BFK” (“C” guruhi);
“Sergeli” va “O'rikzor” (“D” guruhi).

Jamoalar keyingi bosqichga “oltin” ochkolar bilan yo'llanma olishdi. Yani, guruhdagi asosiy raqobatchilari bo'lgan va keyingi bosqichga yo'llanma olgan jamoalar bilan o'tgan o'zaro o'yinlarda jamg'arilgan ochkolar 2-bosqichda hisobga olinadi. Unga ko'ra, ikkala jamoasi ushbu bosqichni olti ochko bilan boshlaydilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика