So’nggi yangiliklar

23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  0 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  9 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1

Ikkinchi bor Osiyoda tengsiz bo'lishni orzu qilayotgan Dzakkeroni Yangiliklar

Ikkinchi bor Osiyoda tengsiz bo'lishni orzu qilayotgan Dzakkeroni

Alberto Dzakkeroni futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erisha olmagan.

U “CHezanatiko”da biroz vaqt to'p tepgan. Ammo S Seriyasi darajasiga ham eta olmasligini tushunib, murabbiylik sohasiga o'tishga qaror qilgan. U 30 yoshida o'zi o'ynagan jamoa “CHezanatiko”ni boshqargan va o'zining bardavom murabbiylik yo'lini boshlab olgan. Oradan 7 yil o'tib B Seriya klubi “Veneciya” boshqaruvini o'z qo'liga oladi. 1998 yil dastlabki katta muvaffaqiyatiga erishadi: Dzakkeroni boshchiligidagi “Udineze” 3-o'rinni egallaydi. SHundan so'ng, murabbiy “Milan”ga yo'l oladi.

Dzakkeroni birinchi mavsumdayoq “qizil-qoralar” bilan Skudettoni qo'lga kiritdi. Biroq klub prezidenti Silvio Berluskoni bilan iliq munosabatlar o'rnata olmadi va kelasi yil murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi.  Dzakkeroni — qaysar murabbiy. U ko'pincha 3-4-3 taktik sxemasidan foydalanadi va undan uzoqlashish niyati yo'q, chog'i. SHu bilan birga, italiyalik noyob istedod sohibidir. U g'oyalarini aql bilan amalga oshira oladi va eng yaxshi jamoalarda qanday ishlash zarurligini biladi: “Milan”, “Lacio”, “Inter” va “Yuventus”da faoliyat yuritgan. Endi “Roma” va “Napoli”da ishlasa, bemalol Italiya top-klublarining hammasini boshqarganman deyishi mumkin. Lekin buni vaqt ko'rsatadi, albatta.

Qiziq, Italiyaning ikki mutaxassisi doim Dzakkeronini taqib qilib yuradi. U 2010 yil CHiro Ferrara jamoadan ketganidan so'ng, “Yuventus”da faoliyat yurita boshlagandi. Avvaliga, rahbariyat uni vaqtinchalik murabbiy sifatida ishga olgandi. Mavsum davomida esa uni doimiy ish bilan taminlash haqida o'ylab qoldi. Lekin o'sha vaqt Antonio Konte paydo bo'ldi va “byankoneri” egalari, ayniqsa Andrea Anellining etiborini o'ziga qarata oldi. Anelli shijoatli va jasur murabbiyga butkul ishongandi. Konte va Zakkeronining yo'llari ikkinchi marotaba ham to'qnash keldi. Navbatdagi “jang”da yana Kontening omadi kelib, “Skuadra adzurra”ning bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Federaciya rahbariyati Antonioga asosiy nomzod sifatida qaragan bo'lsa-da, u bu taklif haqida uzoq o'yladi. SHundan so'ng, terma rahbariyati Dzakkeroni bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Lekin Konte oxir-oqibat rozilik berdi. Dzakkeroni esa rad javobini olib, o'z yo'lida davom etdi.

Roberto Manchini esa Dzakkeronining yo'lini uch marotaba to'sdi. 2002 yil “Lacio” rahbariyati bosh murabbiyni lavozimidan bo'shatishga qaror qildi va jamoani boshqarish uchun “burgutlar”ning sobiq o'yinchisiga taklif bildirdi. Ikki yildan so'ng Massimo Moratti ham xuddi shunday yo'l tutdi. CHunki u Dzakkeronining ehtiyotkor futbolidan mamnun emasdi. Murabbiy yaxshi natijalarni qayd etgan bo'lsa-da, Manchinini taklif qilish imkoni paydo bo'lganidan unumli foydalanib, Albertoni ishdan bo'shatib yuboradi. Ularning yo'llari uchinchi marotaba to'qnash kelganiga ko'p bo'lmadi: terma jamoaga bosh murabbiy topish ishida, nomzodlar qatorida Dzakkeroni ham bor edi. Bu safar uni A Seriya etakchi klublari ham qo'llab-quvvatladilar. Ular terma jamoaga moslashuvchan va futbolchilarni ko'p qiynamaydigan murabbiy kelishi tarafdori edilar. Bundan tashqari, murabbiy termada iliq munosabatlar o'rnata olishiga ishonishgandi. Lekin bu safar ham Manchini yo'ldan "chiqib qoldi". Dzakkeroni esa BAA termasiga murabbyilik qilish uchun yo'l oldi.

Bu italiyalikning terma jamoada birinchi bor ishlashi emasdi. 2010 yil u Yaponiya termasiga boshchilik qilgan va ular bilan katta yutuqlarga erishgan. Ko'pchilik uning uslubi terma darajasiga mos kelmaydi deb hisoblagan edi. Biroq yaponlar uning qo'l ostida juda yaxshi o'ynay oldilar. Oradan bir yil o'tib, Yaponiya termasi Osiyo Kubogini qo'lga kiritdi. 2013 yil SHarqiy Osiyo Kubogi sovrindori bo'ldi. Ammo, “Samurailar” 2014 yilgi Jahon CHempionatida omadli ishtirok etolmadilar. Kot-d’Ivuar termasiga qarshi o'yin paytida Keysuke Xonda hisobni ochdi. Lekin Boni va Jervinyu bir necha daqiqadan so'ng bahsni umuman o'zgartirib yuborishdi. Yaponlar greklar bilan nol hisobdagi durang natijada o'ynagan bo'lsalar-da, Kolumbiya termasiga yirik hisobda (1:4) mag'lub bo'lishgan edi. Natijada Dzakkeroni lavozimidan ozod etildi. Ammo JCHdagi muvaffaqiyatsizlik unga salbiy tasir ko'rsata olmadi. CHunki, u Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiy lavozimida omadli faoliyat yuritdi.

Biroq murabbiyning BAA terma jamoasida biroz omadi yurishmayapti. To'g'ri, “lochinlar” tarkibi juda kuchli o'yinchilardan iborat emas. Futbolchilarning asosiy qismi ham asosan ichki chempionatlarda ishtirok etadi. Biroq ko'pchilik mezbonlardan omadli o'yin va yaxshi natija kutmoqda. Dzakkeroni esa yarim yil ichida termani yuqori darajaga olib chiqadigan inson ekanini hali isbotlab berolgani yo'q. Turnir birinchi uchrashuvi, Baxreyn termasiga qarshi bahsda “lochinlar” mag'lubiyatga uchrashlari mumkin edi. Lekin o'yin oxirida vaziyat o'zgarib, durang natija bilan uchrashuvga yakun yasaldi.

Lekin bir narsani unutmaslik lozim. Osiyo Kubogi-2011da Dzakkeroni jamoasi turnirni 1-1 hisobdagi durang natija bilan boshlagan edi. SHu sababli, murabbiy tajribasiga shubha qilmagan yaxshidir, ehtimol?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика