So’nggi yangiliklar

12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  2 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  1 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  9 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  15 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  5 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Гёкерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1

Ikki yil ichida to'rt nafar murabbiyga chiqish eshiklarini ko'rsatgan "Surxon" nihoyat mutaxassisga yolchidimi? Yangiliklar

Ikki yil ichida to'rt nafar murabbiyga chiqish eshiklarini ko'rsatgan "Surxon" nihoyat mutaxassisga yolchidimi?

Xabaringiz bor, tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov yaqinda Termizning "Surxon" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

 Bu esa joriy mavsum hisobidan tayinlangan uchinchi murabbiydir. Dastlab ilk turlarda SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiy sifatida matbuot anjumanlarida qatnashgan bo'lsa, ko'p o'tmasdan "Neftchi"dagi faoliyati bilan tanilgan Bahrom Haydarov "Surxon"ga boshchilik qiladigan bo'ldi. Biroq, o'yin ham, natija ham o'xshamagach Bahrom Haydarovga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Men hozir murabbiylarni almashishi sabablari va omillari haqida to'xtalib o'tmoqchi emasman. Gap jamoa boshqaruviga kelganiga ko'p bo'lmagan Ravshan Haydarov haqida ketmoqda. Xo'sh ushbu mutaxassisning kelishi jamoada nimani o'zgartirdi? Kelishuv qanchalik omadli bo'ladi? Ravshan Haydarov "Surxon" bilan nimalar qila olishi mumkin? Quyida birma-bir mazkur savollarga birgalikda javob izlab ko'ramiz.



Har qanday murabbiy yangi jamoaga kelganida darhol o'zgarishlarga qo'l urmaydi. Qolaversa mavsum o'rtasida buning iloji ham yo'q. Biroq, murabbiy qo'l ostidagi jamoaning ruhiyatini kerakli ko'rsatmalari bilan o'zgartira olishi mumkin. Ravshan Haydarov "Surxon"ni nihoyatda qiyin sharoitda qabul qilib oldi. Bunga shubhamiz yo'q. CHunki, termizliklar oxirgi o'yinlarda mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan, futbolchilarning esa kayfiyati haminqadar edi. Bunday holatda hech bir mutaxassisga oson bo'lmaydi. Oldinda ularni "Lokomotiv" bilan o'yin kutar, Ravshan Akmalovichni oldida jamoani navbatdagi turga tayyorlash uchun ikki kungina vaqt bor edi, xolos. 48 soat ichida tajribali mutaxassis uslub va falsafa, talablarini singdira olmasligi tayin. Biroq, ko'pgina jahon tajribasidan malumki qisqa muddatda murabbiylar asosan ruhiyat masalasiga  etibor qaratishadi va kerakli gaplarni aytishadi. Uslub va falsafani jamoadagilar o'zlashtirishi uchun esa bir necha kun emas, bir necha oy talab qilinadi, bu haqida gap bo'lishi mumkin emas. Ravshan Haydarov qanday jamoaga kelganini juda yaxshi biladi, bunday sharoitga u birinchi marotaba tushayotgani yo'q. Boz ustiga "Surxon"dagi aksariyat futbolchilar unga begona emas.  Demak, "Lokomotiv" bilan o'yin haqida fikr yuritadigan bo'lsak, jamoa shu kuni kutganimizdan ham yaxshiroq o'ynadi. Jamoada yangi murabbiy ish boshlagani yaqqol sezilib turdi. Futbolchilarning harakatlarida kreativlik, mazmun ko'rindi. 



Oldingi chiziq vakillari o'zlarini ancha erkin his qilgan holda to'p tepishdi. To'g'ri, biron uslub ko'zga tashlanmadi. Lekin, futbolchilarning maydonga qayta yangi kuch va motivaciya bilan tushganligi bilindi. "Andijon" bilan o'yinda jamoa azolari mehmonda to'p tepganiga qaramasdan o'yinni o'z qo'liga olishdi va birinchi raqam ostida hujmkor futbol ko'rsatishdi. Aslida tarkibdagi aksariyat futbolchilar hujmkor uslubga moslashgan. Husniddin G'ofurov, SHerzod Karimov, Aleksandr Kasyan, mana shu triodan ajoyib hujum uchligini hosil qilsa bo'ladi. Faqatgina qanot yarim himoyachilari yani vingerlar Kasyanni to'p bilan taminlab tursa bo'lgani. Karimov va G'ofurov bundan keyingi turlarda yanada yorqinroq to'p tepishlarini kutib qolamiz.  Ravshan Haydarov "Andijon" bilan uchrashuvgacha bo'lgan davrda nima istayotganini va nimani xohlayotganini shogirdlariga singdira olgan. Bir so'z bilan aytganda Ravshan Haydarov jamoaga yangi qon va erkinlik olib kira oldi. Uning uslubi ham shunaqa. Maydonda futbolchilarga erkinlik berishni va ularning kuchli tomonidan unumli foydalanishni maromiga etkaza oladigan kam sonli mutaxassislardan biridir. Olimpiya terma jamoasida, yoshlar terma jamoasida bunga bir necha bor guvoh bo'lganmiz. Biz himoyadan turib o'ynaydigan Koreyaga qarshimi yoki Yaponiyami, Avstraliyami har qanday jamoaga qarshi o'yinchilarni to'g'ri tayyorlay olganligini natijalardan ham bilsa bo'ladi. Mana shu narsani u "Surxon"da ham joriy etishini kutib qolamiz. "Surxon"da potencial jihatdan kuchli futbolchilar, iqtidorli yoshlar bor. Faqat ularni kuchli tomonlarini yuzaga chiqarib bera oladigan murabbiy etishmayotgan edi. To'g'ri maydonda futbolchilar o'ynaydi. Ular ham murabbiyning rejasidan va bergan ko'rsatmasidan kelib chiqib to'p tepishini unutmaslik lozim. 

Ravshan Haydarovni kelishi jamoa uchun qay darajada omadli ekanligini bilib olish uchun kamida birinchi davra yakunlanishini kutishimiz kerak. Tajribali mutaxassis oshpaz kabi bor masalliqdan qanday taom pishirgani kabi, ayni paytdagi bor futbolchilardan nimalar qila olishini bilishimiz uchun bir muncha sabr qilamiz. Lekin, Haydarov "Surxon"da ajoyib jamoa tuza olishiga shubhamiz yo'q. Faqat ozgina vaqt va murabbiyga erkinlik berish kerak, tamom. Ravshan Haydarov terma jamoada Samvel Babayanni, Tailanddagi Osiyo chempionatida esa Drulovichni soyasida qolib ketdi. Agarda uni o'ziga qo'yib bersa, ishiga hech kim aralashmasa "Surxon"da mahalliy futbolchilar bilan ajoyib natijalarga erishishi mumkin, bir nechta yosh futbolchilarni kashf qilib, iqtidorini yuzaga chiqarishga ham qodir. Natija yo'lida esa klub rahbarlari biroz qanoatliroq bo'lishi lozim. Agarda "Surxon" chindan ham proffessional maqomda yuqori marralarni ko'zlasa boshqaruvchini almashtirishni to'xtatishi va bir mutaxassisga mavsum yakuniga qadar imkoniyat berishi kerak. Bu mening shunchaki qarashlarim. Bugunga qadar jamoada olti nafar murabbiy boshqardi O'tgan mavsum boshida Ilhom Mo'minjonov, u diskvalifikaciyaga uchragach Andrey Miklyaev, so'ng Baxtiyor Ashurmatov yakunda Vladimir Andreev bilan mavsumni tugatdi. Ravshan Haydarov bilan bunday holat takrorlanmasligiga umid qilib qolamiz.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика