Ikardi: "Nega "Real"ga o'tishim kerak ekan?"

Mirjalol Normatov
1 dek 2018, 19:50
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi emas.

Bu haqda futbolchining o'zi "Corriere Dello Sport" nashriga ma'lum qildi.

"Bu haqda gapirishdan mani yo'q. So'nggi natijalarni qarang, nima uchun "Real"ga o'tishim kerak? Bunday transfer uchun hozir umuman noqulay vaqt. Undan tashqari "Inter"da baxtliman", - dedi 25 yoshli hujumchi.

Ikardi bu mavsumda "Inter" tarkibida 15 o'yinda 10 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport