Igor Yelich: "Ar Rayan"ni mag'lub etsak guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz keskin oshadi"
11 mar 2019 14:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/482584_original.jpg)
![](/upload/storage/482584_220.jpg)
Igor Yelich: "Ar Rayan"ni mag'lub etsak guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz keskin oshadi"
Bugun OCHL 2-turida "Lokomotiv" Qatarning "Ar Rayan" klubi bilan o'ynaydi.
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Igor Yelich uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan yil ham shu erda edim. OCHLni 5:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagandik. Ammo keyin omadimiz kelmagandi. Ammo o'tgan yilgi natijalarni unutdik. "Ar Rayan"ni mag'lub etsak keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz keskin oshadi. Raqibni o'rganib chiqdik. Futbolchilar haqida barcha malumotlar bor. Yigitlarning barchasi o'yinga tayyor. Kayfiyatimiz alo darajada.
O'tgan yil "Al Duhayl" bilan ikkala o'yinda ham tengma-teng o'ynagandik, faqat omadimiz kelmagandi. Qatar klublari bilan o'ynasa bo'ladi.
Osiyo chempionlar ligasida uchun eng asosiysi natija, hamma o'yinda 1:0 hisobida yutsak ham baxtli bo'lamiz", - deydi Igor Yelich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar