AGMK Igor Yelich klubdan ketganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2018, 18:29
2017 yilgi mavsumda AGMK safida eng ko'p o'yinda maydonga tushgan serbiyalik Igor Yelich jamoani tark etdi.

Igor AGMKning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Tomonlar kelishuviga ko'ra Yelich bilan shartnoma uzaytirilmaydigan bo'ldi. Bolqonlik futbolchi faoliyatini yurtimizda amaldagi chempion "Lokomotiv" safida o'tkazishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz