So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  112 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Igor SHkvirin: "Istefoga chiqarilganim va o'rnimga yangi murabbiy kelgani haqida eshitdim. Ammo..." Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Istefoga chiqarilganim va o'rnimga yangi murabbiy kelgani haqida eshitdim. Ammo..."

"Olmaliq" bosh murabbiyi Igor SHkvirin mavsum yakunlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Klubdan hali hech kim menga ketishim to'g'risida aytgani yo'q. Istefoga chiqarilganim va o'rnimga yangi murabbiy kelgani haqida eshitdim. Ammo rahbariyat meni chaqirib hali hech qanday gap aytmadi. CHempionatning so'nggi turini o'tkazganimizdan keyin hammamiz tatilga chiqdik. Men hozircha sizga faqat shularni ayta olaman. To'g'ri, joriy mavsumni juda yomon o'tkazdik. Ilgari bu qadar pastki o'ringa tushib ketmagan edik. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Qaerdadir bir xatoga yo'l qo'ydik, qaysidir o'yinlarda omad bizdan yuz o'girdi. Tabiiyki, natijaga murabbiy javobgar hisoblanadi. Murabbiyning qismati shunaqa", - deydi Igor SHkvirin "Futbol Ekspress" gazetasiga.

Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" klubiga rossiyalik murabbiy Viktor Kumikov tayinlangani haqida xabarlar chiqqandi. Igor SHkvirin 2008 yilgi mavsumdan buyon "Olmaliq" bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelayotgandi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика