So’nggi yangiliklar

22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  0 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  7 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41

Igor SHkvirin: "Hamma narsa o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilganiga bog'liq" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Hamma narsa o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilganiga bog'liq"

Teglar :  Igor SHkvirin
"Olmaliq" bosh murabbiyi Igor SHkvirin "Futbol Ekspress" gazetasi bergan intervyusida Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtasidagi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirgan.


- To'g'risini aytaman, bashorat qilishni yoqtirmayman. Qolaversa, futbolda oldindan nima bo'lishini aytish qiyin. Albatta, Janubiy Koreyada jamoamizni jiddiy bahs kutib turibdi. O'yin har ikkala terma jamoa uchun ham oson o'tmasligi aniq. Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sanaladi. Ular har qanday turnirlarda doim favorit sifatida tilga olinishadi. Lekin futbolda yutib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q va har qanday raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Hamma narsa o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilganiga bog'liq.

Umid qilamanki,  terma jamoamiz Janubiy Koreyadan ijobiy natija bilan qaytadi. Terma jamoamizga muxlislik qilgan holda qo'llab-quvvatlaymiz hamda omad tilaymiz.

Agar Janubiy Koreyadan ochko olib qaytsak, Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatlarimiz yanada oshadi. Ammo oldinda ikkinchi davra bahslari turibdi. SHu bois barcha masala kelasi yili hal bo'ladi. Albatta, terma jamoamizni Rossiyada o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishini xohlaymiz. Buning uchun jamoamizda imkoniyat bor.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика