So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

“Iftixor” futbol klubi bilan bog'liq masala O'FA va PFL tomonidan o'rganilgani haqida Yangiliklar

“Iftixor” futbol klubi bilan bog'liq masala O'FA va PFL tomonidan o'rganilgani haqida

1 iyun kuni Oltiariqning “Iftixor” futbol klubi direktori Ahror Ergashev hamda katta murabbiy Nodir Qo'ziboev o'z futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlari sabab futbol faoliyatidan butunlay chetlashtirilgandi.

Keyinroq bir qator ommaviy axborot vositalarida O'FA vaziyatni yaxshi bilmay turib qaror chiqargani borasida xabarlar tarqaldi. Bu kabi xabarlar haqiqatdan yiroqdir.

“Iftixor” klubi futbolchilari bo'lgan Hasanboy Ergashev hamda Tursunboy Husanov bilan bog'liq vaziyatdan PFL O'FA rahbariyatini xabardor qilgan hamda tashkilotning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasining ikki xodimi — Dilshod Saidmurodov hamda Jo'rabek Sabdarov Farg'onaga jo'natishni so'ragan.

Ular Farg'onada birinchi bo'lib jabrlanuvchi Hasanboy Ergashev bilan uning uyida uchrashgan va bo'lib o'tgan voqeaga oydinlik kiritgan. Tursunboy Husanov esa o'z shahri SHahrixonga jo'nab ketgani uchun, u bilan suhbat telefon orqali bo'lib o'tgan.

SHundan so'ng O'FA xodimlari Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi masullari bilan, tuman IIB boshlig'i, shuningdek, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari bilan suhbatda bo'lgan. Ayni vaqtda ham O'FA Oltiariq tuman IIB masul xodimlari bilan aloqada bo'lib turibdi.

Farg'onaga safari davomida O'FAning ikki vakili “Iftixor” katta murabbiyi Nodir Qo'ziboev bilan, undan keyin esa klub direktori Ahror Ergashev bilan ham uchrashgan. Ular bo'lib o'tgan voqeada ishtirok etganini tan olgan. Malum bo'lishicha, futbolchilarni Oltiariq tumani chekkasidagi oromgohga telefon orqali Nodir Qo'ziboev chaqirtirgan. O'zboshimcha tazyiqni Ahror Ergashev olib borgan va har ikki futbolchiga tan jarohati etkazgan.

 O'FA mazkur xulosadan kelib chiqib, “Iftixor”ning har ikki rahbarini futboldan chetlashtirdi. Endilikda IIB mazkur ish yuzasidan tergov surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика