So’nggi yangiliklar

14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  0 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  16 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8

Ibrohim Tanko: "O'zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g'alaba qozondi" Yangiliklar

Ibrohim Tanko: "O'zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g'alaba qozondi"

O'zbekiston - Gana B (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ibrohim Tanko matbuot anjumanida ishtirok etdi.




Unga bahsda gol urgan Issaku Abdul Fatavu hamrohlik qildi. 

"Bugun ikkala jamoa ham yaxshi o'ynadi. Biz ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'ydik va raqib gollar urdi. Yigitlarim hisobni tenglashtirishga o'zlarida kuch topa olishdi. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Ibrohim Tanko. 

"Juda ham ajoyib uchrashuv bo'ldi. O'zbekiston bizning xatolarimiz tufayli g'alaba qozondi. Bu erda o'ynaganimizdan xursandmiz. O'ylashimcha bu ikkala jamoa uchun foydali bo'ldi", - deydi Fatavu.

- O'zbekiston safida kimni alohida ajratib ko'rsata olasiz? 

- Men raqib safidagi qaysidir futbolchini ajratib ko'rsatishni yoqtirmayman. To'g'ri O'zbekiston safida 3-4 nafar futbolchi ajralib turdi. Buni kecha ham aytgandim. Bugungi g'alaba jamoaviy o'yin menda yaxshi taassurot qoldirdi. 

- Uchrashuv to'lig'icha O'zbekiston tashabbusi ostida o'tdi. Bunga tayyormidingiz? 

- Bu tabiiy holat. O'zbekiston o'z maydonida o'ynadi, shunchalik ko'p muxlislar qarshisida o'ynadi. To'p nazorati ham ular tomonida bo'ldi. Lekin men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Gol o'tkazib yuborgach hisobni tenglashtira olganimizdan xursandman. 

- O'zbekiston, Namangan shahri sizda qanday taassurot qoldirdi? 

- O'zbek xalqi mehmondo'st sifatida taassurot qoldirdi. O'zim ham musulmonman, mehmondo'stlik bu musulmon xalqlariga xos bo'lgan hususiyat. Raqib maydonida o'ynaganda odatda mehmon jamoa futbolchilariga qarshi muxlislik qilinadi. Bugun esa stadion ikkala jamoani birdek qo'llab quvvatladi. SHu bois uchrashuvdan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdik.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика