Ibragimovich SHveciya terma jamoasiga qaytish borasida muzokaralar olib bormoqda
27 noy 2020 11:00
Yangiliklar


Ibragimovich SHveciya terma jamoasiga qaytish borasida muzokaralar olib bormoqda
39 yoshli forvard Zlatan Ibragimovich SHveciya terma jamoasiga qaytmoqchi.
Bu haqda milliy jamoa bosh murabbiyi Yanne Anderson aytib o'tdi.
"Qachonki Ibragimovichning SHveciya terma jamoasiga qaytish istagini bilganimizdan so'ng, buni tezroq muhokama qilishga qaror qildik. Men juda ham xursand bo'lgan uchrashuv tashkil etildi. Zlatan bilan suhbat etarlicha yaxshi bo'lib o'tdi, biz kelajakda ushbu muloqotni davom ettiramiz", - deydi murabbiy.
Zlatan SHveciya terma jamoasida 116ta o'yinda maydonga tushib, 62ta gol urishga erishgan. 2016 yilning yozida esa uning terma jamoadagi so'nggi o'yini bo'lib o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar