Ibragimovich “Milan derbisi” tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchi!
17 okt 2020 22:00
Yangiliklar


Ibragimovich “Milan derbisi” tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchi!
Ayni daqiqalarda, Italiya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Inter” – “Milan” bahsi davom etmoqda.
Uchrashuvning 12 va 16-daqiqalarida “rossonerilar” forvardi Zlatan Ibragimovich raqib darvozasini ishg'ol etib, dublga erishdi. SHu orqali, Ibragimovich “Milan derbisi” tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 39 yosh, 14 kun.
Avvalgi rekord esa 1961 yil “Milan” futbolchisi Nils Lidxolm (38 yosh, 5 oy, 18 kun) qayd etilgan edi.
Malumot o'rnida, Zlatan koronavirusdan tuzalganidan so'ng, ilk uchrashuvini o'tkazmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 3 bahsda qatnashib, 5 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar