Ibragimovich klub miqyosidagi faoliyatida yubiley golini urdi
07 fev 2021 20:15
Yangiliklar


Ibragimovich klub miqyosidagi faoliyatida yubiley golini urdi
Ayni daqiqalarda A Seriya 21-turidan o'rin olgan “Milan” – “Krotone” uchrashuvi davom etmoqda.
Bahsning 30-daqiqasida mezbonlar forvardi Zlatan Ibragimovich raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu 39 yoshli forvardning klub miqyosidagi faoliyatida urgan 500-goli bo'ldi.
SHved o'z gollarini “Malmyo” (18 ta), “Ayaks” (48), “Yuventus” (26), “Inter” (66), “Barselona” (22), PSJ (156), “Manchester Yunayted” (29), “Los-Anjeles Gelaksi” (53) va “Milan” (82) liboslarida urgan.
SHuningdek, Zlatan SHveciya TJ safida 116 o'yinda 62 to'p kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar