Husayn SHodiev: "Ochiq futbol sababli ko'plab gollar o'tkazib yubordik"
13 fev 2016 21:16
Yangiliklar


Husayn SHodiev: "Ochiq futbol sababli ko'plab gollar o'tkazib yubordik"
"Bugun biz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Ayniqsa, himoyada. Bugungi o'yin oldidan bergan ko'rsatmalarim o'zini oqlamadi.
Tailandga qarshi bo'lib o'tgan birinchi o'yinda himoyaviy taktika tanlagandik. Sababi, ular Osiyoning hujumkor jamoalaridan biri hisoblanadi. Bugungi o'yinda esa ochiqroq futbol namoyish etishga va ko'proq hujum uyushtirishga harakat qildik. Buning oqibatida esa darvozamizdan ko'plab gollar o'tkazib yuborishga majbur bo'ldik.
Vetnam kuchli va hujumkor jamoalardan biri ekanliginii bugun yana bir bor namoyish etdik.
Avvalgi o'yinda ham bu haqida aytib o'tgandim: mening jamoam juda yosh va bizga biroz tajriba etishmagani mana shunday muvaffaqiyatsiz natijaga sabab bo'ldi. Keyingi turdagi o'yin esa yosh futbolchilarim uchun tajriba vazifasini o'tab beradi.
Dastlabki o'yinlarda kam maydonga tushgan futbolchilarga keyingi o'yinda ko'proq imkoniyat beraman", deya o'z fikrlariga yakun yasadi tojikistonliklar bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar