So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Humoyun Murtazoev: "Yangi mavsumda hammasi boshqacha bo'ladi" Yangiliklar

Humoyun Murtazoev: "Yangi mavsumda hammasi boshqacha bo'ladi"

Teglar :  Mashal
Xabaringiz bor, "Mashal" mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Boshlanajak mavsumda muxlislarimiz uchun yaxshigina sovg'a tayyorlashga harakat qilmoqdamiz. Jamoa futbolchisi Humoyun Murtazoev bu haqida o'z fikrlarini bildirdi.

-Bu yilgi chempionat bahslarida Mashalning oldiga qanday vazifalar qo'yilmoqda?


-Jamoamiz oldiga albatta yuqori o'rinlar egallash va kamida OCHL bahslarida ishtirok etish huquqini beruvchi, yo'llanmalardan birini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Hamjihatlikda jamoamiz bilan harakat qilsak buni uddalaymiz.

-Yangi mavsumda o'z oldingizga qanday maqsad qo'ydingiz?


-Yashirmayman, bu yilgi mavsumda kamida to'purar bo'lishni niyat qildim. Xudo xoxlasa bu maqsadimga albatta erishaman. Yuir so'z bilan aytsam, yangi mavsumda hammasi boshqacha bo'ladi albatta.


-O'tgan yilgi chempionatda o'z maydonimizdagi bahslarga ko'plab muxlislar tashrif buyurishmadi. Nima deb o'ylaysiz, bu yil muxlislar tashrifi ortarmikan?

-Bilasizmi, agar o'z maydoningizdagi bahslarda stadion to'lib muxlislar jamoangizni qo'llab-quvvatlab tursa butun jamoa o'yin mobaynida faqat g'alabani o'ylaydi. Ammo so'ngi yillarda markaziy o'yingohimizga muxlislarimiz tashrifi ancha kamayib qoldi. Ishonamanki, yaqinlashayotgan oliy liga bahslarida bu yil avvalgiga qaraganda ko'proq muxlis tashrif buyuradi.

-Oliy Ligamizning boshqa jamoalaridan sizga taklif bo'ldimi?


-Ha albatta, takliflar bor edi. Ammo taklif qilgan jamoalarning imkoniyatlari Mashal nikidan ortiq joyi yo'q. SHunday ekan, bunday vaziyatda jamoani almashtirishni hojati yo'q. Qolaversa uyimni tashlab ketgim kelmadi. Mashal mening uyim.

Bunyod Andaev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика