Hislat Umarov: "Pro ligaga yo'llanma olishga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi"
26 apr 2021 14:52
Yangiliklar
Hislat Umarov: "Pro ligaga yo'llanma olishga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi"
Birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" jamoasi "Zomin" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Navtbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng jamoaning darvozaboni Hislat Umarov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uchinchi turdan o'rin olgan "Zomin" bilan o'yin qoldirilgani uchun murabbiyiimiz hordiq chiqarish imkoniyatini bergandi. O'tgan haftadan to'liq tarkibda mashg'ulotlarga kirishdik. Sport formamizni yo'qotmaslikka harakat qilyapmiz. Bo'lajak o'yin oldidan jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo'la olamiz.
Birinchi ligadagi jamoalarga etibor bera turib, bizda Pro ligaga chiqishga katta imkoniyat borligini ko'rmoqdaman. Fikrimcha, bunga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi. CHiqqan taqdirimizda ham munosib ishtirok etishimizga ishonaman",- deydi kiper.
O’xshash yangiliklar
19:05
Ozarbayjon chempionati. Umarali Rahmonaliev zaxiraga olingach, "Sabah" g'alabani qo'ldan chiqardi 6
Fikrlar