

"Chig'atoy"ga qarshi uchrashuv oson bo'lmasligi aniq edi. Xabaringiz bor, ushbu jamoa bilan so'nggi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan edik. Buni butun jamoa a'zolari va murabbiylar shtabi his qilgan holda tayyorgarlik ko'rdik. Xudoga shukur muhim uch ochkoga ega chiqdik.
O'ylashimcha, ruhiy o'radan chiqib oldik. Ketma-ket mag'lubiyatlar tushkunlikka tushirib qo'yishi aniq. To'g'ri xulosa chiqarib tayyorgarlik ko'rdik. Ko'rib turganingizdek, natija yaxshi bo'lmoqda.
Turnir jadvalida kurash qizg'in ketyapti. Barcha 4ta jamoada chempionlik uchun imkoniyat bor. Biz ham oxirigacha kurashamiz. Natija allohdan",- deydi Hislat Umarov.



