Hislat Umarov: "Pro ligaga yo'llanma olishga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2021, 14:52
Birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" jamoasi "Zomin" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Navtbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng jamoaning darvozaboni Hislat Umarov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Uchinchi turdan o'rin olgan  "Zomin" bilan o'yin qoldirilgani uchun murabbiyiimiz hordiq chiqarish imkoniyatini bergandi. O'tgan haftadan to'liq tarkibda mashg'ulotlarga kirishdik. Sport formamizni yo'qotmaslikka harakat qilyapmiz. Bo'lajak o'yin oldidan jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo'la olamiz. 

Birinchi ligadagi jamoalarga e'tibor bera turib, bizda Pro ligaga chiqishga katta imkoniyat borligini ko'rmoqdaman. Fikrimcha, bunga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi. Chiqqan taqdirimizda ham munosib ishtirok etishimizga ishonaman",- deydi kiper.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтгазмонтаж" матбуот хизмати